Angliya banki asosiy foiz stavkasini yillik 0,75 foizdan 1 foizga oshirdi. Ushbu ko‘rsatkich so‘nggi 13 yildagi rekorddir. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Boshqa narsalar qatorida, regulyator bozordan aktivlarni sotib olish dasturini saqlab qoldi. Bu 2022-yil boshidan buyon to‘rtinchi marta o‘sishdir. So‘nggi marta stavka 17-mart kuni — 0,5 foizdan 0,75 foizga ko‘tarilgan edi.
2022-yil 4-mayda yakunlangan yig‘ilishida qo‘mita ko‘pchilik ovozi bilan (3ga qarshi 6 ta) bank stavkasini 0,25 foiz punktga, ya’ni 1 foizga oshirishga ovoz berdi. Ozchilik bank stavkasini 0,5 foiz punktiga 1,25 foizga oshirishni taklif qildi, — deyiladi regulyator bayonotida.Markaziy bank o‘z aktivlarini qaytarib sotib olishni 867 mlrd funt sterlingga qoldirdi. Davlat obligatsiyalarini qaytarib sotib olish 847 mlrd funt sterlingga, korporativ obligatsiyalarni sotib olish esa 20 mlrd funt sterlingga teng bo‘ldi.
Angliya banki 2022-yil uchun inflyatsiya prognozini ham 5,75 foizdan 10,25 foizga oshirdi.
Avvalroq Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14 foizga tushirgani haqida xabar berilgan edi.