Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 37-turida “PSJ” 14-may, shanba kuni “Monpelye” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

“Monpelye” mezbonligidagi o‘yin parijliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Poytaxt klubi safida Lionel Messi dublga erishdi. Kilian Mbappe va Anxel di Mariya esa o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Qayd etish kerak, bu Messi uchun Liga 1 dagi ilk dubl bo‘ldi.

34-turdayoq chempionlik masalasini hal qilgan “PSJ”ning ochkolari soni g‘alabadan keyin 83 taga yetdi. Hisobida 43 ochko bo‘lgan “Monpelye” esa 13-pog‘onani band etgan.

Liga 1

37-tur bahslari

14-may, shanba

“Monpelye” – “PSJ” 0:4

Gollar: 0:1 – 6 Messi, 0:2 – 20 Messi, 0:3 – 26 di Mariya, 0:4 – 60, penalti Mbappe.

“Monpelye”: Berto, Suke (Sambiya, 76), Kossa, Tuler (Joakkini, 53), Estev, Ristich, Molle (Lerua, 77), Delaye (Oyongo, 73), Ferri, Shotar, Mavididi (Jermen, 53).

“PSJ”: Donnarumma, Kerer (Hakimi, 85), Ramos, Markinyos, Bernat (Mendesh, 85), Veynaldum (Simons, 68), Errera (Mishyu, 68), Verratti, di Mariya (Gassama, 89), Messi, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Errera (34), Suke (41), Simons (70), Mbappe (85), Ferri (89), Markinyos (90).

Bordo – Loryan 0:0

“Nissa” – “Lill” 1:3

Gollar: 1:0 – 31 Klyuyvert, 1:1 – 52 Devid, 1:2 – 61 Devid, 1:3 – 90 Vea.

“Lion” – “Nant” 3:2

Gollar: 1:0 – 9 Dembele, 2:0 – 78 Lukas Paketa, 2:1 – 81 Merlen, 3:1 – 85 Tete, 3:2 – 90 Sipryen.

“Renn” – “Marsel” 2:0

Gollar: 1:0 – 12 Burijo, 2:0 – 35 Mayer.

“Monako” – “Brest” 4:2

Gollar: 0:1 – 10 Dyuvern, 0:2 – 23 Belaili, 1:2 – 44, penalti Ben-Yedder, 2:2 – 51 Ben-Yedder, 3:2 – 54 Ben-Yedder, 4:2 – 70 Folland.

“Trua” – “Lans” 1:3

Gollar: 1:0 – 14 Byankone, 1:1 – 42 Danzo, 1:2 – 45 Kalimuendo, 1:3 – 71 Kloss.

“Strasbur” – “Klermon” 1:0

Gol: 1:0 – 28 Tomasson.

“Sent-Etyen” – “Reyms” 1:2

Gollar: 0:1 – 2 Munetsi, 1:1 – 12 Mangalya, 1:2 – 61 Dumbiya.

“Mets” – “Anjer” 1:0

Gol: 1:0 – 50 Lamkel Ze.