Mart-aprel oylarida Rossiyada bandlik xizmatlarida rasman ro‘yxatga olingan ishsizlar soni qariyb 4 ming kishidan oshdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Foto: “RBK”

Bu 2022-yil 1-mart bilan solishtirganda 5-may holatiga ko‘ra ma’lumotlar.

Shu davr mobaynida Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” davom etdi, bunga javoban AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlar sanksiyalar kiritdi.

Oldin Rossiya bunday tendensiyaga duch kelmagan, — dedi Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova.

Mehnat vaziri Anton Kotyakovga ko‘ra, hozirda 690,5 ming kishi rasman ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan.

U may oyi boshida Rossiyada ishsiz 3,1 million odam borligini va ularning soni o‘smayotgani haqida xabar bergan edi.

Ish bilan ta’minlash rejimlarining o‘zgarishi to‘g‘risida hokimiyatni xabardor qilgan tashkilotlar soni ham rasman o‘zgardi – 3600 taga ko‘payib, 43900 taga yetdi, — dedi Golikova.

“Maxsus harbiy operatsiya” boshlangandan so‘ng, bir nechta yirik xorijiy kompaniyalar ishni to‘xtatib turish yoki Rossiyadan butunlay chiqib ketishi haqida e’lon qildi.

Bu jarayon natijasida ishsizlikning oldini olish hukumatning ustuvor vazifasidir, — dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Bloomberg aprel oyida Rossiyada ishsizlik ikki baravar ya'ni 9 foizdan oshib ketishini taxmin qilgan edi.