• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Kerakli vaqtda katta g‘alaba”: O‘zbekiston paxta sanoati 13 yillik global boykotning yakunini qanday kutib oldi?

    O‘zbek paxtakorlari o‘z mahsulotiga nisbatan 13 yillik xalqaro boykotning bekor qilinganini nishonlamoqda, deb yozadi “Amerika Ovozi”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Islohotchi hukumat iqtisodiy jihatdan muhim hosilni yig‘ishtirib olish uchun uyushgan majburiy mehnatdan endi foydalanmayotgani aniqlandi.

    Qaror dunyodagi eng yirik paxta ishlab chiqaruvchilardan biri, jumladan, Amazon, Gap, J.Crew, Target va Walmart kabi yirik Amerika kiyim-kechak sotuvchilari uchun uzoq vaqt yopiq bo‘lgan bozorlarga eshik ochadi.

    AQSHda joylashgan Cotton Campaign, 300 dan ortiq korxona va tashkilotlardan iborat koalitsiya 2009-yilda boykot tashabbusi bilan chiqqan.

    Foto: Amerika ovozi

    Foto: Amerika ovozi

    O‘shanda O‘zbekiston hukumati “1 milliondan ortiq bolalar va kattalarni, jumladan, tibbiyot xodimlari, budjet xodimlari va talabalarni har yili terim mavsumida paxta terimiga majburlagani” aytilgan.

    Cotton Campaign hamkori bo‘lgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston forumi 2021-yilda aholi paxta yig‘im-terimi davrida hukumat tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinmagani haqida e’lon qilganidan so‘ng, boykot yakunlandi.

    Ushbu tarixiy yutuqqa o‘zbek faollari, xalqaro advokatlar va ko‘p millatli brendlarning ko‘p yillik tinimsiz ishtiroki hamda O‘zbekiston hukumatining majburiy mehnatdan foydalanishga chek qo‘yish majburiyatidan so‘ng erishildi, — deyiladi Cotton Campaign xabarida.

    Endilikda kampaniya yakuniy foydalanuvchilarni ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida – paxta fermalarida, yigirish korxonalarida, gazlama fabrikalarida va ishlab chiqarish bo‘linmalarida inson huquqlari bo‘yicha tegishli ekspertizadan o‘tkazishga chaqiradi.

    Shuningdek, majburiy mehnatning oldini olish, monitoring qilish, shikoyat qilish va bartaraf etish uchun ishonchli, mustaqil mexanizmlar mavjudligini ta’minlash kerakligini ta’kidlaydi.

    Cotton Campaign Turkmanistonda ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan majburiy mehnatga qarshi kurashmoqda, u Turkmanistonni “dunyodagi eng yopiq va repressiv mamlakatlardan biri” deb ta’riflaydi.

    O‘zbek paxtasini tizimli majburiy va bolalar mehnatidan ozod qilish mamlakatning siyosiy g‘alabasi.

    Xalqaro Mehnat Tashkilotining Toshkentdagi texnik maslahatchisi Jonas AstrupAstrupning aytishicha, majburiy mehnatning asosiy sababi paxta yetishtirish uchun davlat kvota tizimi va unga rasmiy sheriklikdir. Bu o‘zgartirildi, lekin yana vaqt talab etadi, albatta.

    Foto: Uzbek Forum

    Foto: Uzbek Forum

    Ammo viloyatlar, tumanlar va fermerlar uchun ishlab chiqarish kvotalari tizimi yo‘qoldi.Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) O‘zbekistonda 2013-yildan beri bolalar mehnati va 2015-yildan buyon majburiy mehnat monitoringini olib boradi.

    Uning 17 nafar mustaqil fuqarolik jamiyati faollari, jumladan, sobiq siyosiy mahkumlar tarmog‘i mavjud bo‘lib, ular sinovdan o‘tgan vositalar va metodologiyadan foydalanishda davom etadi.

    Astrup boykotning tugatilishi o‘z vaqtida amalga oshirilganini ta’kidlamoqda, chunki O‘zbekiston asosiy savdo hamkori bo‘lmish Rossiyaga nisbatan sanksiyalar ta’siriga bardosh beryapti.

    Biz O‘zbekistonga o‘zining to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini ishonchli rivojlantirishga yordam bera olamiz va xalqaro brendlar va chakana sotuvchilarga buyurtma berishni boshlashlari mumkinligiga kafolat beramiz, — dedi u.

    XMT va uning hamkorlari zavodlar va paxta-to‘qimachilikda jamoaviy muzokaralar va islohotlarni ilgari surish uchun ish beruvchilar va ishchilarning hukumat bilan aloqasiga qaratilgan Better Work Uzbekistan dasturini yaratadi.

    Inson huquqlari himoyachilari esa hukumat islohotlarini tezlashtirishga va xalqaro majburiyatlarga rioya qilishga chaqirmoqda.

    Human Rights Watch’ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi direktori Xyu Uilyamsonning aytishicha, Toshkent majburiy mehnatni kuzatish va bu dahshatli zo‘ravonlik qaytmasligini ta’minlash uchun faollar va nodavlat tashkilotlarga nisbatan cheklovlarni olib tashlashi kerak.

    Foto: Arxiv

    Foto: Arxiv

    Majburiy va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlarga rahbarlik qilgan O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva mamlakat hali ham katta muammolarga duch kelayotganini tan oladi.

    O‘zbek paxtasiga boykot bekor qilingani haqidagi xabarni siz bilan baham ko‘rishdan mamnunman. Bu haqda Cotton Campaign bugungi matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Xalqaro ishtirokchilar brendlar va chakana sotuvchilarni O‘zbekistondagi xarid qilish imkoniyatlariga yangicha qarashga undadilar, — dedi Tanzila Norboyeva.

    Unga ko‘ra, inson huquqlari va erkinliklarini, xususan, mehnat huquqlarini ta’minlash rivojlanish strategiyamizdagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

    Norboyevaning aytishicha, Toshkent mustaqil fuqarolik jamiyati uchun xalqaro chaqiriqlarni eshitmoqda.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ro‘yxatga olish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqmoqda va nodavlat guruhlar bilan suhbat o‘tkazmoqda.

    Biz tegishli xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladigan faol fuqarolik jamiyatini istaymiz. Nodavlat-notijorat tashkilotlari uchun grantlar, majburiy mehnatga qarshi himoya va ish joylarida huquqlarni ilgari surish uchun mablag‘ ajratiladi, — degan u.
    13.05.2022, 17:30   Izoh (0)   13556
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘alla sotish bozor munosabatlariga o‘tkazilmoqda. Nimalar o‘zgaradi?

    13.05.2022, 15:07

    Mutaxassislar Xitoy va Ukraina tufayli global resessiya xavfidan ogohlantirmoqda

    13.05.2022, 13:59

    2022-yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar ma’lum qilindi

    12.05.2022, 21:11

    Dunyoga yangi iqtisodiy motor kerak. Bu Hindiston bo‘lishi mumkinmi?

    12.05.2022, 20:24

    Hind rupiysi rekord darajada tushib ketdi

    12.05.2022, 13:31

    Xitoy global iqtisodiyotni qutqarishini kutmang — Bloomberg

    12.05.2022, 12:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.