“Barselona” Ispaniya chempionatining 36-turida “Selta” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Kataloniyaliklar La Liganing seshanba kunlari o‘tkazilgan 33 ta bahsida biror marta mag‘lub bo‘lmadi. Shu vaqtga qadar “ko‘k-anorranglilar” 23 ta g‘alaba va 10 ta durang natija qayd etgan. Bu Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

“Barselona” La Ligadagi keyingi o‘yinini 15-may kuni “Xetafe”ga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!