FIFA futbol simulyatori yaratuvchisi hisoblangan Electronic Arts (EA) kompaniyasi FIFA tashkiloti bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi.
2022-yilda FIFA va EA hamkorligidagi so‘nggi — FIFA 23 simulyatori sotuvga chiqariladi. Keyingi yildan Electronic Arts o‘z o‘yinlarini EA Sports FC nomi bilan ishlab chiqaradi.
O‘yinda Ultimate Team, Career Mode, Pro Clubs va VOLTA rejimlari saqlanib qoladi. EA Sports 19 ming futbolchi, 700 ta jamoa, 100 stadion va 30 liganing (shu jumladan, APL, La Liga, Bundesliga, A Seriya va MLS) litsenziyasini o‘zida saqlab qoladi.
O‘z navbatida FIFA tashkiloti mazkur nom ostida yangi simulyatorni boshqa kompaniya bilan hamkorlikda 2024-yildan boshlab taqdim etishni mo‘ljallamoqda. Ayni vaqtda tashkilot yirik kompaniya va investorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, tomonlar 1993-yildan beri o‘zaro hamkorlikda ishlab kelayotgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)