Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining finalida “Yuventus” 11-may, chorshanba kuni “Inter”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuving 6-daqiqasida Nikolo Barella hisobni ochdi. 50-daqiqada Aleks Sandro muvozanatni tikladi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Dushan Vlahovich turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 80-daqiqada Hoqon Chalxono‘g‘lu penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning qolgan daqiqalarida darvozalar daxlsizligi saqlandi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.

99-daqiqada “Yuventus” darvozasi tomon penalti belgilandi. Bu safar Ivan Perishich zarbada adashmadi va “nerazzurilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 3 daqiqadan so‘ng Perishich dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, “Inter” 2021/22-yilgi mavsum Italiya Kubogi sohibiga aylandi.

Italiya Kubogi

Final

11-may, chorshanba

“Yuventus” — “Inter” 2:4

Gollar: 0:1 – 6 Barella, 1:1 – 50 Aleks Sandro, 2:1 – 52 Vlahovich, 2:2 – 80 Chalxono‘g‘lu (penalti), 2:3 – 99 Perishich (penalti), 2:4 – 102 Perishich.

“Yuventus”: Perin, Danilo (Morata, 41), Kellini (Artur, 84), de Ligt, Aleks Sandro (Pellegrini, 90), Kuadrado, Rabyo, Zakariya (Lokatelli, 67), Dibala (Kin, 100), Vlahovich, Bernardeski (Bonuchchi, 67).

“Inter”: Handanovich, Darmian (Dumfris, 63), de Vrey, D’Ambrozio (Dimarko, 63, Bastoni, 116), Shkrinyar, Perishich, Brozovich, Chalxono‘g‘lu (Vidal, 90), Barella, Jeko (Korrea, 63), Martines (Sanches, 90).

Ogohlantirishlar: Brozovich (55), Lokatelli (90) Vidal (119).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?