Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Siti” himoyachilari Ruben Diash, Jon Stounz va Kayl Uoker jarohati sabab Angliya Premyer Ligasi doirasidagi qolgan 3 ta o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola ma’lum qilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ruben Diash Angliya chempionatining 36-turida “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda (5:0) mushaklari shikastlangani uchun tanaffusda almashtirildi. Avvalroq Uoker to‘pig‘idagi muammolar tufayli Chempionlar Ligasi 1/2 finalining javob o‘yinini (1:3) o‘tkazib yuborgandi, Stouns esa sonidan olgan jarohati tufayli oxirgi ikki bahsda qatnasha olmagan.

“Manchester Siti” so‘nggi turlarda safarda “Vulverhempton” va “Vest Hem” bilan o‘ynaydi va o‘z maydonida “Aston Villa”ga qarshi bahs yuritadi.

Jamoa 36-turdan keyin 86 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi bitta kam o‘yin o‘tkazgan “Liverpul”ning ochkolari soni 83 tani tashkil qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)