Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 36-turida “Manchester Siti” 5-may, yakshanba kuni “Nyukasl”ni qabul qildi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 19-daqiqasida Rahim Sterling “shaharliklar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 38-daqiqada Aymerik Lyaport oradagi farqni oshirdi.

61-daqiqada Rodri hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Asosiy vaqt yakunlanishi arafasida Fil Foden jamoasining to‘rtinchi golini urdi. Qo‘shib berilgan vaqtda Sterling o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba evaziga “Manchester Siti” ochkolarini 86 taga yetkazib olgan holda, yakka peshqadamga aylandi. Pep Gvardiola jamoasi eng yaqin ta’qibchisi “Liverpul”ni 3 ochkoga ortda qoldiryapti.

APL

36-tur bahsi

8-may, yakshanba

“Manchester Siti” — “Nyukasl” 5:0

Gollar: 1:0 – 19 Sterling, 2:0 – 38 Lyaport, 3:0 – 61 Rodri, 4:0 – 90 Foden, 5:0 – 90+3 Sterling.

“Manchester Siti”: Ederson, Joau Kanselu, Lyaport (Rayli, 87), Ruben Diash (Fernandinyo, 46), Zinchenko, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Grilish, Rodri, Sterling, Gabriel Jezus (Foden, 63).

“Nyukasl”: Dubravka, Kraft (Trippyer, 68), Bern, Lassels, Targett, Bruno Gimaraes, Longstaff, Almiron (Myorfi, 80), Sen-Maksimen, Vud (Uilson, 68), Joelinton.

Ogohlantirishlar: Bruno Gimaraes (31), Bern (70), de Bryuyne (75), Targett (89).