Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahri Yangihayot tumanida farzandini sotgan ayolga jazo tayinlandi. Bu haqda Darakchi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ona xaridordan olgan pulga uy-joy qilib, oilasiga yordam bermoqchi bo‘lgan. Sud majlisida ayol bu ishni tanishining qistovi bilan qilganini aytgan.

“Bir yigit bilan yaqin munosabatda bo‘lib, undan o‘g‘il farzand ko‘rdim. Ikki farzandim bilan Toshkentda ijarada yashab kelayotgandim. Oldimga tanishim kelib, o‘g‘lingizni birorta odamga bering, qiynalyapsiz, 3—4 ming dollar beradi, dedi. Unga javoban o‘ylab ko‘rishim kerakligini bildirdim. Ertasi kuni tanishim chaqalog‘ingni sotib oladigan odam kelyapti, bolangni ko‘rarkan, deganida yo‘q, kerak emas, deb aytdim. Jinnilik qilma, deb gapimni bo‘ldi u. Boqishga qiynalib yuribsan-ku, uy-joy qilib olasan, dedi. Tanishimning shu gapidan keyin bolamni sotishga qaror qildim.

Xaridor ayolga 4 ming dollar bersa, bolamni berishimni aytdim. Undan kelishilgan pulni oldim. Shu payt departament xodimlari ushladi”, — deydi ayol suddagi ko‘rsatmalarida.

Sud ularga jazo tayinlashda ayblariga iqrorligi, qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligi, ilgari sudlanmaganini, ularning sodir qilingan jinoyatda ishtirokchilikdagi rolini inobatga olib, jazo tayinlagan.

Sakkiz oylik chaqalog‘ini sotgan ona 3 yil 6 oy muddatga, xaridor topgan tanishi esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bundan oldin Toshkent viloyatida bir yoshli o‘g‘lini 9 ming dollarga sotishga uringan er-xotinga sud hukmi o‘qilgani, Samarqandda ayol uy olish uchun 6 yoshli o‘g‘lini 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingani hamda Navoiyda farzandini 85 million so‘mga sotishga uringan er-xotin jinoyat ustida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi