Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buxorolik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini onasi bilan birgalikda sotmoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga tayanib.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Peshku tumani “Valfajir” mahallasida yashovchi fuqaro J.F. (ayol) yaqinda dunyoga kelgan farzandini sotish maqsadida o‘z onasi bilan jinoyatni sodir etish uchun oldindan til biriktiradi.

Natijada ona va qiz bir guruh bo‘lib, tibbiyot muassasasi hududida chaqaloqni o‘zga bir fuqaroga 8 million so‘mga baholab sotayotgan vaqtida qo‘lga tushadi va bu ish tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ona va qizga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-modda 2-qismi “e” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir qilingan odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkent xalqaro aeroportida fuqaroni xorijga fohishalik qilish uchun jo‘natayotgan 20 yoshli qiz va uning sherigi ushlangani, Toshkentda 8 oylik o‘g‘lini 10 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olingani hamda Turkiyada yashovchi shaxsga 22 yoshli qizni sotib yuborgan toshkentlik ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)