O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 1,5 foizni tashkil qildi.
2022-yilning dastlabki uch oyi kabi meva-sabzavotlar narxi inflyatsiya oshishi bo‘yicha yetakchilik qildi. Joriy yilning aprelida sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar 3,6 foizga oshgan bo‘lsa, meva va yong‘oqlar narxlari 2,6 foizga qimmatladi.
Bundan tashqari narxlarning sezilarli darajada oshishi ekinlar va yorma mahsulotlari (oy davomida 2,8 foizga), yog‘-moy mahsulotlari va spirtli ichimliklar (2 foizdan) ham qayd etildi.
Mart oyidan beri baliq va boshqa dengiz mahsulotlarining narxi 1,9 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar 1,7 foizga, sut mahsulotlari va tuxum 1,6 foizga qimmatlashdi.
Go‘sht mahsulotlarining inflyatsiyasi 1 foizdan oshmasdan 0,8 foiz bo‘ldi.
O‘tgan yilning martiga nisbatan narxlarning o‘sish sur’ati quyidagicha bo‘ldi:
- go‘sht mahsulotlari — 9,8 foiz;
- donli ekinlar va yorma mahsulotlari — 11,4 foiz;
- baliq va boshqa dengiz mahsulotlari — 12,8 foiz;
- sut mahsulotlari va tuxum — 10,2 foiz;
- yog‘lar va moylar — 4,1 foiz;
- mevalar va yong‘oqlar — 14,1 foiz;
- spirtsiz ichimliklar — 10,4 foiz;
- shakar, qandolat mahsulotlari va desert — 17 foiz;
- sabzovatlar, plantaynlar va dukkaklilar — 33,3 foiz.
2022-yilning yanvar–aprelida iste’mol bozorida narxlarning o‘sish sur’ati 4,4 foizni (2021-yilning shu davrida 4,1 foiz bo‘lgan), o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 1,1 foizni (2021-yilda 1 foiz) tashkil etdi.
Yillik nisbatda (2021-yilning aprel oyiga nisbatan) iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 10,4 foizga yetdi. 2021-yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 1,5 foizga va 2020-yilning mos davrida 1,7 foizga qimmatlashgan.
Bundan avval O‘zbekistonda 2022-yilning o‘tgan davrida o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilingandi.