Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

UFC prezidenti Deyna Uayt tasodifan tashkilotning yaqin oradagi rejalarini oshkor qilib qo‘ydi.

Skrin: The Pivot Podcast

Skrin: The Pivot Podcast

Promouterning The Pivot Podcast kanali bilan bo‘layotgan suhbat chog‘ida Uaytning ofisida tashkilotning yozgi musobaqa ishtirokchilari yozilgan doska tasvirga tushib qolgan.

Unga ko‘ra, Hamzat Chimayev va Neyt Dias o‘rtasidagi qarama-qarshilik 3-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 276 musobaqasining ikkinchi asosiy jangiga aylanish ehtimoli bor.

Chimayev UFC’da 5 ta g‘alabali seriya qayd etmoqda, ulardan to‘rttasi tezkor g‘alabalar. Hamzat so‘nggi jangini 10-aprel kuni o‘tkazib, Gilbert Byornsni hakamlar qarori evaziga mag‘lub etgandi.

Dias 2021-yil yozidan buyon oktagonga chiqmadi. Neytning so‘nggi jangida angliyalik Leon Edvardsga imkoniyatni boy bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?