Qayta qayta tomosha qilish mumkin bo‘lgan multfilmlar bor, ular hamisha zavq bag‘ishlaydi. Disney multfilmlari bunga yorqin misoldir. Ularni hamma bolalikdan yaxshi ko‘radi va yillar o‘tgach multfilmlarga chuqurroq e’tibor berish boshlanadi, keyin esa birinchi tomosha qilgandagidan ancha murakkab ko‘rinadi.
AdMe nashri sinchkov tomoshabinlar uchun sevimli multfilmlarda e’tibordan chetda qolgan detallar ketma-ketligini taqdim etdi.
“Enkanto”dagi rang-barang suv havzasi Kolumbiyadagi haqiqiy maskan — Kano Kristales daryosidan ilhomlanib yaratilgan. U odatda “Besh xil rang daryosi” yoki “Suyuq kamalak” deb nomlanadi va rangi bilan mashhur.
“Lilo & Stitch” (2002) multfilmidagi tabriknomalarda Walt Disney jahon dam olish markazini ko‘rish mumkin.
“Mulan” (1998) multfilmida qahramon sochiga tez-tez tegib turadi. Unga ovoz bergan aktrisa Ming-Na Ven ham shunday qiladi. Animatorlar buni payqab qolishdi va Mulanga ham xuddi shunday odatni berishdi.
“Qalb” (2020) multfilmidagi Xotira maydonidagi haykal Disneylendda joylashgan Uolt Disney va Mikki Mausning mashhur haykaliga o‘xshaydi.
“Koko siri” kartinasida (2017-yil) Migelning iti Dante o‘zining mashhur filmlaridan biridagi kumiri Ernesto de la Kruzning oti sharafiga nomlangan.
“Enkanto”da (2021) Agustin pianino chalayotganida kolumbiyalik musiqachi Jo Arroyoning mashhur salsasi “En Barranquilla Me Quedo” ning boshlanishini eshitish mumkin.
“Ratatuy” (2007) filmida Koletta Calahan modelidagi mototsiklga minadi. Bu rassom Sharon Kalaxanga ishora.
“‘Suv parisi’ multfilmida Guffi va Mikkini topdim”.
“DVD sharhiga ko‘ra, ‘Imperatorning sarguzashtlari’idagi Chicha Disney animatsion filmidagi birinchi homilador ayoldir”.
“Aqlbovar qilmaydiganlar” (2004) multfilmida 1937-yilda “Oppog‘oy va yetti gnom” kartinasi ustida ishlagan ikki afsonaviy animator – Frenk Tomas va Olli Jonston ko‘ringan sahna bor.
“‘O‘yinchoqlar tarixi’dagi koptokni ‘Kamon’ (2021) multfilmida topdim”.
“Pinokkio”da (1940) Figaroning karavoti yonida kichik qum qutisi bor, u faqat bitta sahnada ko‘rinadi.
“Muzyurak” (2013) multfilmida haqiqiy Skandinaviya yozuvlarini ko‘rish mumkin.
“Enkanto”da (2021) We Don’t Talk About Bruno qo‘shig‘ida soyabonlar Kolumbiya bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan. Sariq soyabonlar biroz kattaroqdir, chunki bayroqdagi sariq chiziq qolganlariga qaraganda kengroq.
“Qahramonlar shahrida” (2014) Xiro va Baymaks politsiya bo‘limida bo‘lgan sahnada stolda “Volt” multfilmida hayvonlarni nazorat qiluvchi ofitser Ester va Bolt (2008) ning suratlari bor.
Mavzuga doir:
- Asl mohiyatini faqat kattalar tushuna oladigan multfilmlar (foto)
- “Yomon yigitlar” multfilmi AQSH prokati yetakchisiga aylandi
- Bolalar uchun ishlangan mashhur multfilmlardagi faqat kattalar tushunadigan kadrlar (foto)
- Namoyishidan 20 yil o‘tib ham tomoshabinlarning sevimli multfilmi bo‘lib qolayotgan “Muzlik davri” kartinasi haqida qiziqarli ma’lumotlar