Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan Transport-logistika masalalarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya ikki hafta muddatda:

  • Farg‘ona va Samarqand, Farg‘ona va Buxoro, Farg‘ona va Termiz hamda Farg‘ona va Urganch shaharlari orasida aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilishini;
  • Farg‘ona—Mo‘ynoq—Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar tashkillashtirilishini ta’minlaydi.
Avvalroq Termizdan Sankt-Peterburgga muntazam aviaqatnovlar tiklanishi, UzbekistanAirways Namangandan Olmaotaga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi, Toshkent va Urganchdan Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi