O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalangan taqdirda:
- iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovchilar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsientga muvofiq to‘lanadi;
- tig‘iz davrda iste’mol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qo‘llaniladi;
- iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich o‘rnatilgan holda yuritiladi.
Maynerlar o‘z faoliyatini faqat ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilda, yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning noyabrida Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyuta xarid qilish va sotishga ruxsat bergandi.
Izoh (0)