Toshkentdagi Chorsu bozorida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari natijasida uchta gumbazdan biri buzib tashlanishi mumkin. Bu haqda Instagram’dagi Tashkent Modernism kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bozor hududida bunyod etiladigan Chorsu Gold Center loyihasida uchinchi gumbazni saqlab qolish ko‘zda tutilmagan.
Bozordagi quruvchilar ushbu ma’lumotni “Anhor.uz” nashriga tasdiqlagan bo‘lib, ular maket bo‘yicha qurilish ishlarini olib borayotganliklarini ma’lum qilgan. O‘z navbatida maketda uchinchi gumbaz ko‘rsatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida Toshkent shahridagi “Koinot” (Kosmonavtlar) majmuasida Vladimir Janibekov haykali atrofidagi granit plitalar ko‘chirib tashlangani haqida xabar tarqalgandi. Shundan so‘ng Madaniy meros agentligi hududning demontaj ishlari ruxsatsiz boshlanganini aniqlagan edi. Agentlik tomonidan maydonni rekonstruksiya qilayotgan Mimar Group kompaniyasi ogohlantirildi va jarayon to‘xtatildi. 15-fevral kuni esa Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi ilmiy-ekspert kengashida ma’qullangandi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
- “Hamma narsa joyida turibdi”. Ichan-qal’ada soxtaligi aytilgan 101 ta eksponat haqida (video)
- Sitorai Mohi Xossa majmuasi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi hujjatlari sudga yuborilgan — Madaniy meros agentligi
Izoh (0)