Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ucell va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ kombinat telekommunikatsiyalarini raqamlashtirish sohasida hamkorlik qiladi. Tomonlar “Innosanoat. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzoladi.

Bugun raqamli texnologiyalar sanoatning barcha tarmoqlariga faol kirib bormoqda. Mazkur jarayon ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

“Biznes va sanoatni raqamli formatga o‘tkazish birinchi navbatda yangi yechimlar hisobiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati imkoniyatlarini kengaytiradi. Biz Ucell’da faoliyatning barcha sohalariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etgan holda innovatsiyalar bilan bir to‘lqinda bo‘lishga harakat qilamiz. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan kompaniya ko‘p yillar mobaynida hamkorlik qiladi va biz mamlakat sanoatida yetakchilardan birini raqamlashtirish masalasida ko‘mak berishdan mamnunmiz”, — deydi Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy.

O‘tgan yil dekabrda davlat rahbari Olmaliq KMKga tashrifi doirasida texnologik va biznes jarayonlarni avtomatlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasini tasdiqladi.

“Korxona o‘z oldiga yaqin uch yil uchun katta rejalarni qo‘ymoqda. Biz raqamlashtirish bo‘yicha ishimizni boshladik va dastlabki natijalar sezilarli ijobiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishda tejamkorlikni namoyon etmoqda. Strukturaviy o‘zgarishlar kombinatning deyarli barcha bo‘linmalari, xususan, telekommunikatsiyalarni qamrab olishi kutilmoqda. Ucell raqamli yechimlari belgilangan vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan”, — deb izohladi “Olmaliq KMK” AJning raqamlashtirish bo‘yicha boshqaruv raisi Abdulla Azizov.

Hamkorlik doirasida Olmaliq KMK jarayonlarini raqamlashtirishning platforma modeliga o‘tilishi rejalashtirilmoqda.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?