Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 30-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Olimpik”

Foto: “Olimpik”

“Bunyodkor” o‘z maydonida “Olimpik” bilan bahs yuritdi. Bellashuv kutilmaganda mehmonlarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab “Olimpik” Abdurauf Bo‘riyev, Ruslan Jiyanov va Alisher Odilovning gollar evaziga hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shundan so‘ng birinchi bo‘lim yakunida Ibrohim Tomiva oradagi farqni qisqartirishga erishdi. Biroq o‘yinning ikkinchi qismida “Olimpik” yana ikkita gol urishning uddasidan chiqdi va yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Davron Anvarov va Po‘latxo‘ja Xoldorxonov mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin Timur Kapadze shogirdlarining ochkolari soni 6 taga yetdi, jamoa 8-o‘ringa ko‘tarildi. Hisobida 10 ochko bo‘lgan “Bunyodkor” 4-pog‘onani band etgan.

“Neftchi” “Dinamo” maydonida mehmon bo‘ldi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. 10-daqiqada Abror Ismoilov hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada Jasur Umarov muvozanatni tiklab, mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Durang natijadan keyin “Dinamo” (5) 11, “Neftchi” (4) esa 12-o‘rinda bormoqda.

Superliga

6-tur bahslari

30-aprel, shanba

“Bunyodkor” — “Olimpik” 1:5

Gollar: 0:1 — 9 Bo‘riyev, 0:2 — 29 Jiyanov, 0:3 — 37 Odilov, 1:3 — 40 Tomiva, 1:4 — 73 Anvarov, 1:5 — 90+1 Xoldorxonov.

“Bunyodkor”: 32.Suhrob Sultonov (91.Zafar Safoyev, 62), 4.Davron Ergashev, 5.Dilshod Jo‘rayev (99.Umid Sultonov, 71), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Odiljon Abdurahimov (10.Rasul Yo‘ldoshev, 46), 8.Fransis Narx, 22.Usmonali Usmonaliyev, 33.Umarali Rahmonaliyev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Tomiva (29.Muzaffar Olimjonov, 71), 88.Jahongir O‘rozov (2.Sardor Xursandov, 46).

“Olimpik”: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Eldorbek Begimov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Ruslanbek Jiyanov (99.Muhammadali G‘iyosov, 69), 10.Farruxbek Muxtorov (8. Bektemir Abdumannonov, 58), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (47.Humoyun Sherbo‘tayev, 87), 21.Muhammadaziz Ibrohimov (77.Davron Anvarov, 58), 23.Abdurauf Bo‘riyev, 37.Alisher Odilov (22.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 69), 44.Shahzod Toirov.

“Dinamo” — “Neftchi” 1:1

Gollar: 0:1 — 10 Ismoilov, 1:1 — 36 Umarov.

“Dinamo”: 12.Miloye Prekovich, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 9.To‘lqin Ergashev (7.Temur Ismoilov, 46), 10.Shohmalik Komilov (20.Jasur Jumayev, 90+4), 11.Sahob Rashidov (97.Fahriddin Alimov, 75), 15.Jo‘rabek Mannonov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 22.Abdujamol Isroilov, 30.Jasur Umarov, 70.Oybek Nurmatov (14.Shokir Yo‘ldoshev, 75).

“Neftchi”: 45.Akbar To‘rayev, 9.Sunnatulla Abdullajonov, 17.Abdulloh Olimov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Anvarjon G‘ofurov, 28.Daniel Stoykovich, 46.Shahzod Ubaydullayev (31.Marko Sharich, 74), 70.Abbos G‘ulomov (7.Oybek Qilichev, 80), 77.Abror Ismoilov, 80.Aleksandr Yeshich, 99.Ulug‘bek Hoshimov.

Ogohlantirishlar: Muzaffarov 50, G‘ulomov 68, Yovanovich 86, Qilichev 88, To‘rayev 90+3, Alimov 90+3.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi