• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sel va bo‘ronlar ichida qolgan O‘zbekiston, davlat tilini o‘rgatish — “milliy burchimiz”, Toshkentga elchi qilib jo‘natilgan Filipp Filippovich. O‘zbek matbuoti 30-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 30-aprel, shanba

    1932-yil 30-aprel kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

    60 yil avval. 29-aprel, yakshanba

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 29-aprel sonidagi asosiy material — Toshkent vokzali oldidagi maydonda turkistonlik 14 komissar sharafiga o‘rnatilgan monumentning ochilishidan tayyorlangan reportaj (ma’lumot uchun, ushbu haykal mustaqillik yillarida olib tashlanib, o‘rniga Toshkent gerbi o‘rnatiladi, 2018-yilda esa gerb ham olib tashlanadi). Bu 14 komissar (boshqachasiga aytganda, Turkiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlar) 1919-yil yanvarida Turkistonda sovet tuzumi o‘rnatilishiga qarshi ko‘tarilgan isyon (Osipov isyoni) vaqtida otib tashlangan edi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 29-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 29-aprel sonidan lavha

    Tadbirda O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi Sharof Rashidov so‘zga chiqqan. Respublika rahbarining nutqidan ayrim iqtiboslar bilan quyida tanishish mumkin:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 29-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 29-aprel sonidan lavha

    30 yil avvalgidek, gazetalarda 1-may namoyishi qanday o‘tishi haqida ma’lumot berilgan. Ma’lumot 1932-yildagidek katta emas, anchagina qisqa. Ammo deyarli o‘zgarmagan o‘rinlari bor. 1932-yilgi ma’lumotnomada: “Avtomashinalar Qizil maydon yoniga faqat ertalabki soat 9 gacha yuboriladi, ularning turar joyi Gostepriimniy pereulokda belgilanadi”, deyilgan bo‘lsa, “Qizil O‘zbekiston”ning 1962-yil 29-aprel sonida e’lon qilingan axborotda shunday deyiladi: “Maxsus propuskalari bo‘lgan avtomashinalar Lenin nomli maydonga soat 8:45 minutgacha Leningrad ko‘chasi orqali Revolyutsiya skveri tomonidan kira oladilar va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Gostepriimnaya ko‘chasidagi va Sendryukov pereulogidagi garajiga joylashtiriladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 29-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 29-aprel sonidan lavha

    30 yil avval. 30-aprel, payshanba

    Shu kunlarda — 1992-yil aprel oyi oxirlarida — butun O‘zbekistonning tinchligini buzayotgan hodisa, bu — kuchli yog‘ingarchiliklar va ularning salbiy oqibatlari. Kuni kecha Sirdaryo viloyatidagi vayronkor sel toshqinlari haqida axborot berilgan edi, bunday holatlar respublikaning boshqa hududlarida ham kuzatilmoqda. “Keyingi kunlardagi kuchli yomg‘ir va sel qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazmoqda”, — deyiladi “Toshkent oqshomi”dagi xabarda.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasi O‘zAga asoslanib xabar berishicha, “28-aprel kechasi soat 1:30 da tabiat Buxoro shahri va unga yaqin rayonlar aholisini og‘ir sinovda o‘tkazdi. Aynan shu vaqtda shimoliy-sharq tomondan esayotgan shamol kuchayib, uning tezligi sekundiga 20—22 metrga yetdi. Shivalab yog‘ayotgan yomg‘ir esa kuchli selga aylandi. Natijada viloyatning Jondor, Romiton, Buxoro, Vobkent, Kogon, Qorako‘l va Olot rayonlaridagi yuzlab xo‘jaliklarning o‘n minglab ekinzorlari payhon bo‘ldi, ular jala suvlari ostida qolib ketdi... Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiat xuruji orqali yetgan zarar miqdori viloyat bo‘yicha 100 million so‘mdan ziyoddir. Lekin bu hali hammasi emas — aholining uy-joylari, molxonalari ham jiddiy zarar ko‘rgan, ko‘pgina ko‘priklar buzilgan, tomlarni bo‘ron uchirib ketgan”, — deyiladi “Buxoroda sel va bo‘ron” xabarida (bu tafsilotlar Buxoroga 2020-yilda yopirilgan bo‘ron va uning oqibatlarini yodga soladi).

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining yozishicha, “kutilmaganda — 26-aprel kuni kech soat 19:00 dan 20:00 gacha yoqqan yomg‘ir, jala va do‘ldan Zadaryo, Chust, Chortoq, Pop, Uychi, Uchqo‘rg‘on rayonlaridagi ekinzorlar jiddiy zararlandi. 121 ming gektar maydondagi ekinlar tabiiy ofatdan zarar ko‘rdi. 98 ming gektar paxta maydoni qatqaloq bo‘ldi. 14 ming gektar yerdagi chigit loyqa ostida qoldi. Bu maydonlarga qayta chigit ekiladi”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Bir yil avval — 1991-yilning 4-may kuni Angren shahri yaqinidagi Jigariston qo‘rg‘onida dahshatli tabiiy ofat — yer ko‘chkisi sodir bo‘lgan, hodisa oqibatida 55 kishi — masalan, 13 kishidan iborat bir oila — halok bo‘lgandi (hodisa munosabati bilan 1991-yilning 6-mayi O‘zbekistonda motam kuni deb e’lon qilingan). “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonida qo‘rg‘onda o‘tgan bir yil davomida yuz bergan o‘zgarishlar, Yangi Jigariston qo‘rg‘onining qurilishi haqida material berilgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Deyarli barcha gazetalarning muqovasidan joy olgan xabar — Rossiyaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi. “Rossiya prezidenti Boris Yelsin Filipp Filippovich Sidorskiyni Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Sidorskiy 1937-yilda tug‘ilgan, millati rus... 1988-yildan buyon SSSR, Rossiyaning Afg‘onistondagi elchixonasida maslahatchi-elchi”, — deb yozadi “Xalq so‘zi”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasida “Til haqidagi qonun qanday bajarilmoqda?” rukni ostida e’tiborga molik materiallar berilgan. Masalan, Toshkent siyosatshunoslik va boshqaruv instituti professori Qo‘chqor Xonazarov “Birinchi bahor” maqolasida qonunning bajarilishi mustaqillik asoslaridan biri ekanini ta’kidlanib, shunday takliflar beradi: “O‘zbek tilini rus tilida so‘zlashuvchi aholiga o‘rgatishda bu borada boy tajribaga ega mamlakatlar tajribasini o‘rganish ma’qul. Masalan, Estoniyada va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlarida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunga suyanib, jumhuriyat tilini o‘zlashtirishning aniq bosqichlari belgilandi. Har bosqich bo‘yicha sinovdan o‘tish qoidalari aniqlab qo‘yilgan. Bizning jumhuriyatimizda shunday qoidalar yo‘q, bo‘lsa ham ko‘pchilikka noma’lum. Rus xalqiga til o‘rganishdagi qiyinchiliklarni yengishda yordam berish zarur... Ularga o‘zbek tilini o‘zlashtirishda yordam berish — milliy burchimizdir”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Gazeta muxbiri G‘ulom Yusupov Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasida bo‘lib, u yerda davlat tili — o‘zbek tilini o‘rganish qanday borayotgani va qaysi tilda ish yuritilayotgani bilan tanishgan. Muxbirning xulosalari sarlavhadanoq ayon: “Bunaqa o‘quv kimga kerak?”. Xabar shunday satrlar bilan tugaydi: “O‘zbek tilini o‘rgatishni tubdan yaxshilash darkor. O‘zbek tilida ikki-uchta shior ilish, ariza yozishga ruxsat berish davlat tiliga o‘tish degani emas-ku!”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Mustaqillikning yana bir belgisi — milliy valyuta. Toshkent moliya instituti rektori M.Sharifxo‘jayev va shu institut prorektori professor A.O‘lmasovning “Xalq so‘zi” gazetasida bosilgan “O‘z pulimiz bo‘lsaydi” sarlavhali maqolasi shu mavzuga bag‘ishlangan. Maqolada MDH darajasidagi pul emissiyasi Rossiyaning monopoliyasiga aylanib qolgani, O‘zbekistonning naqd pul bilan ta’minlanishi Rossiya bankiga bog‘liqligi ko‘rsatilib, “monopoliya bor yerda, albatta, qaramlik mavjud”, deb xulosa beriladi. Ayni vaqtda, maqolada O‘zbekiston xorijdan investitsiyalar jalb qilish uchun ham o‘z milliy valyutasini joriy etishi kerakligi ta’kidlanadi: “Milliy valyuta o‘zga valyutalarga erkin almashtiriladigan pulga aylangandagina xorijiy kapital O‘zbekistonga oqib kela boshlaydi. U o‘zi bilan birga ilg‘or texnologiya va tajribani olib keladi... Demak, konvertirlangan milliy valyuta bizga suv va havodek zarur” (ma’lumot uchun, O‘zbekistonning milliy valyutasi — o‘zbek so‘mi — ushbu maqoladan yana ikki yil o‘tib, 1994-yilning 1-iyul kuni muomalaga kiritilgan).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Mavzu iqtisodiy mavzuga burilgan ekan, “Xalq so‘zi” gazetasida “O‘zbekiston—Tojikiston hamkorligi” rukni ostida “Bir-birimizsiz yashay olmaymiz” sarlavhasi berilgan suhbatni ham ko‘rsatib o‘tish kerak. Unda Tojikistondagi Xo‘jand ipakchilik birlashmasi bosh direktori Tohir Boboyevdan shunday iqtiboslar keltiriladi: “Men O‘rta Osiyo jumhuriyatlari hududida chegara va bojxona xizmatlari bo‘lishiga butunlay qarshiman. Birimizning qarindoshimiz O‘zbekistonda, ikkinchimizning jigarimiz Tojikistonda yashayotgan bo‘lsa, qanday qilib bizni ajratib qo‘yish mumkin? Rahbarlar o‘zaro kelishuvga muvofiq barcha mintaqalarda bir xil narx bo‘lishiga erishmoqlari zarur! Axir biz bir-birimizsiz yashay olmaymiz! Bu fikrimni hamma to‘g‘ri tushunishini istayman. Hozir tushunmasak, keyinchalik kech bo‘ladi. Shunday emasmi?” (baxtga qarshi, keyingi yillarda chegaralar turli sabablarga ko‘ra taqa-taq yopildi, faqat 2016-yildan so‘nggina ikki mamlakat chegarasidagi vaziyat yumshab, ikki xalq vakillari bemalol u respublikadan bunisiga kirib-chiqa oladigan bo‘ldi).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Avvalroq Niderlandiyadan O‘zbekistonga 200 ming dollarlik gumanitar yordam kelayotgani haqida xabar berilgan edi. Bu xabar hafta davomida barcha gazetalarda takror va takror, yangi va yangi tafsilotlar bilan yozildi. Mana, endi “Xalq so‘zi” gazetasining yozishicha, bu insonparvarlik yordami naq Niderlandiya qirolichasi tashabbusi bilan O‘zbekistonga yuborilgan (avvalroq bu bir golland firmasi tashabbusi sifatida ta’riflanayotgan edi):

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi”ning “Har uchinchi yo‘lovchi chipta olmaydi” xabarida ta’kidlanishicha, “transport xizmatidan foydalanadigan toshkentliklarning 30 foizga yaqini yo‘l haqini to‘lamas ekan”:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Avtobus yo tramvayda-ku chiptasiz yurish imkoni bor ekan, lekin farg‘onalik K.Aslonovning shikoyatiga ko‘ra, u aviachiptasi bo‘laturib, Toshkentdan Farg‘onaga uchib keta olmagan: “Sababini so‘rasak, kerakli yo‘lovchilarni oldik, sizlarni esa chiqara olmaymiz, chipta oshiqcha sotilgan ekan, deb aytishdi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Toshkent 2000-yilgi yozgi Olimpiada mezbonligi uchun kurashga kirishayotgani haqida endi barcha gazetalar yoza boshlagan. “Toshkent oqshomi”ning yozishicha, mezbonlikni qo‘lga kiritish maqsadida o‘zbekistonlik mutaxassislar o‘z vaqtida 1992-yilgi yozgi Olimpiada mezbonligi uchun kurashgan Angliyaning Birmingem shahriga tajriba oshirgani ketmoqda.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Xorijda nima gap? Afg‘oniston — hamon bosh mavzulardan biri. Mamlakatda hokimiyat milliy najot jabhasining rahbari Sibg‘atullo Mujodidiy boshchiligidagi mujohidlarning muvaqqat hukumatiga topshirilgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Mujodidiy jurnalistlar bilan suhbatda “Afg‘onistonda birinchi marta chinakam islom hukumati tuzilgani”ni aytgan. “Milliy birlikni hamda barqarorlikni ta’minlash barcha afg‘onlarning bosh vazifasidir”, — degan u.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Dunyoning boshqa chekkalaridan ham qiziq xabarlar bor. Masalan, MDH harbiy-dengiz floti qo‘mondoni admiral Chernavin Ukrainaga sodiqlikka qasamyod qilgan zobitlarni flotdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq bergan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 30-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda “Afg‘onistonga urush ochilarmish” degan vahima, O‘zbekistonni “chaqaloq” deb atagan Karimov, poytaxt aeroportini Chinozga ko‘chirish qarori. O‘zbek matbuoti 29-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Sharof Rashidov AQSH va NATOga qarshi, nomusga tekkanlik uchun o‘lim jazosi, Toshkentning “o‘lik suvi”. O‘zbek matbuoti 28-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Amudaryoda toshqin, uy olish uchun navbatda turgan 70 ming toshkentlik, Kobulni jangsiz egallagan Ahmad Shoh Mas’ud. O‘zbek matbuoti 27-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    Izoh: Materialning birinchi tahririda Toshkent Birmingem bilan 1991-yilda birodarlashgani haqida yozilgan edi. Bu xato ma’lumot. Muallif buning uchun “Daryo” mushtariylaridan uzr so‘raydi.

    30.04.2022, 07:30   Izoh (0)   46028
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiya bosh vaziri Samarqandga keladi

    O‘zbekiston | 26 may, 09:55

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

    Reklama | 26 may, 09:00

    Isroilning G‘azodagi maktabga hujumida 25 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 26 may, 09:49

    BAA O‘zbekiston va Qirg‘izistonga qarshi bahs uchun qaydnomasini ma’lum qildi (foto)

    Sport | 26 may, 09:39

    Toshkentda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik bo‘yicha 20 dan ortiq kelishuvlar imzolandi

    O‘zbekiston | 26 may, 09:27

    Kilian Mbappe “Oltin butsa” sovriniga ega chiqdi

    Sport | 26 may, 09:22

    Talabalarni birlashtirgan mega-loyiha

    O‘zbekiston | 26 may, 09:21

    Putindan intervyu olgan, Nyu York kanalizatsiyasini tozalagan: supermodel Naomi Kempbell haqida kutilmagan ma’lumotlar

    Shou-biznes | 26 may, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.