Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda asosiy stavkani o‘zgarishsiz — yillik 17 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yig‘ilishda Markaziy bank xorijiy valyuta atrofidagi savollarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum bo‘lishicha, bank kassalarida yetarli miqdorda naqd xorijiy valyuta mavjud. Banklar kassalarida naqd xorijiy valyutaning yetarli zaxiralari mavjudligi sababli chet el valyutasini olib kirish rejalashtirilmagan.

Jismoniy shaxslarga hamda norezidentlarga chet el valyutasini sotish mamlakat hududida qonuniy manbalardan milliy valyutada mablag‘lar kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Hozirda chet el valyutasini sotishda norezidentlarga qo‘shimcha cheklovlar mavjud emas. 

Jismoniy shaxslar tomonidan 100 mln so‘m ekvivalentiga teng yoki undan ko‘p bo‘lmagan miqdorda naqd chet el valyutasi bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda cheklovlarsiz O‘zbekistondan tashqariga olib chiqiladi.

Banklarning vakillik hisobvaraqlarini to‘ldirish uchun kassalarda naqd xorijiy valyutaning buzilganligi, eskirgan yoki ortiqcha miqdori ko‘rsatilgan banknotlarni olib chiqishda cheklovlar yo‘q.

Shuningdek, naqd xorijiy valyuta bilan operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar qo‘yish nazarda tutilmagan. 

2022-yil aprel oyida aholining naqd xorijiy valyutani sotib olishga bo‘lgan talabi yil boshiga nisbatan barqarorligicha qolmoqda. Shu bilan birga, aholi tomonidan dollar taklifining umumiy hajmi o‘sishi kuzatilmoqda.

Xususan, banklarning rubldagi valyuta pozitsiyasi amalda “nol” darajasida shakllangan, bu bank tizimining rubldagi aktivlari va passivlari hajmi o‘rtasida farq yo‘qligini bildiradi.

Avvalroq o‘zbekistonliklarning dollarga bo‘lgan talabi qanday o‘zgargani ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?
Dunyo
“Rossiyani fojiadan, rus armiyasini bo‘lsa xo‘rlikdan qutqarish imkoningiz haliyam bor”. Ukraina Mudofaa vaziri rus harbiylarini zudlik bilan jangdan bosh tortishg...
Mahalliy
“Xodimlar o‘zboshimchalik bilan qoidalarni buzgan” — Qashqadaryoda elektromontyor tok urishidan vafot etgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi