Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Markaziy bank asosiy stavka o‘zgarishining subsidiya asosida ajratilgan ipoteka kreditlariga ta’sirini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident qaroriga ko‘ra, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ipoteka uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha foiz stavkalarini 2022-yil yakuniga qadar, istisno tariqasida, amaldagi foiz stavkalarida saqlab qolinishi belgilangan.

Bu esa, o‘z navbatida, banklar tomonidan aholiga birlamchi uy-joy bozoridan xonadon sotib olishi uchun ajratadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari joriy yil yakuniga qadar o‘zgarmasligini anglatadi.

Ilgari olingan ipoteka kreditlari shartlari esa mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi. Agar shartnomada ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkasi asosiy stavkaga (qayta moliyalashtirish stavkasiga) bog‘langan bo‘lsa, asosiy stavka o‘zgarishi foiz stavkalarining ham o‘zgarishiga olib keladi.

Yil boshidan beri ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari quyidagicha bo‘ldi:

  • Moliya vazirligi — 2,27 trln so‘m;
  • Bank o‘z mablag‘lari —  508,3 mlrd so‘m;
  • Ipotekani qayta moliyalashtirish manbalari — 40,7 mlrd so‘m.
Avvalroq O‘zbekistonda aholining qaysi qatlamiga ko‘proq ipoteka krediti berilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi