Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida kompyuter tizimiga kirib, o‘g‘rilik sodir etgan shaxs Toshkent shahrida ushlandi. Qo‘shnisining qo‘yini o‘g‘irlagan shaxsga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib, o‘g‘rilik sodir etgani uchun Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblangan. Fuqaro javobgarlikdan qutulish maqsadida yashirinishga uringan. Shundan so‘ng unga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, gumondor Qarshi shahar IIBning tezkor xodimlari hamda YHXB inspektori tomonidan 2022-yil 17-aprel kuni Toshkent shahrida ushlangan.

Shuningdek, Qarshida 2022-yil 11-aprel kuni qo‘shnisining uch bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxs qilmishi ham oshkor bo‘ldi.

Qarshi shahrining “Qavali” mahallasida yashovchi fuqaro B.L. shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs 2022-yil 10-aprel kuniga o‘tar kechasi yashash xonadonining yon tomonida joylashgan qurilishi bitmagan turar joyidan bozor bahosi 6 million so‘m bo‘lgan uch bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni Qarshi shahrining “Kat” mahallasida yashovchi U.I. sodir etganligi aniqlangan. Qarshi shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib o‘g‘rilik sodir etish)  bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi