Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda endi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘qotilgan buyumlarni onlayn topish mumkin. Bu haqda portal axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, buning uchun “My.gov.uz” orqali “Topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuborish xizmati”dan foydalanib, ariza qoldiriladi. Yo‘qotilgan buyumingiz 2 oy mobaynida tegishli axborot tizimlari orqali qidiriladi.

Shu muddat ichida buyumingiz topilmasa, BHMning 4 foizi miqdorida to‘lov to‘lab, yo‘qolgan ashyo topilmagani to‘g‘risida ma’lumotnoma olinadi.

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatilishi, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj