So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    DXX Namangan, Toshkent va Sirdaryoda giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘ydi (video)

    13.04.2022, 10:26 10976

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Namangan, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

    Foto: Telegram / “Xavfsizlik”

    Foto: Telegram / “Xavfsizlik”

    Xususan, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar hamda bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand—Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi Chust tumani hududida to‘xtatilib tekshirilgan.

    Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Samarqand shahrida yashovchi 54 va 31 yoshli ikki fuqaroning yonida 1,470 kilogramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Aniqlanishicha, uchinchi shaxslar tomonidan Tojikistondan O‘zbekiston hududiga o‘tkazilgan ushbu narkotiklarni Namangan shahriga olib borib berishlari evaziga mazkur ikki fuqaroning har biriga 1 million so‘mdan pul berilishi va’da qilingan.

    Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi 44 yoshli muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxs boshqaruvidagi Lada avtomashinasi viloyat markazida to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv davomida mashina salonida 931 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Foto: Telegram / “Xavfsizlik”

    Foto: Telegram / “Xavfsizlik”

    Shuningdek, u qirg‘izistonlik narkokuryer tomonidan O‘zbekiston hududiga o‘tkazilgan mazkur giyohvandlik moddasini Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxsdan (1974-yilda tug‘ilgan) olgani aniqlangan hamda u ham ushlangan.

    Namangan shahridagi avtoturargohlardan birida 38 yoshli mahalliy fuqaro 1 568 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1600 dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

    DXX xodimlari tomonidan bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida ham bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Xususan, Surxondaryo viloyatida yashovchi 32 va 30 yoshli ikki fuqaro 496 gramm gashish moddasini kelgusida sotish maqsadida Toshkent shahriga olib kelgan vaqtida Chilonzor tumanida ushlangan.

    Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 31 yoshli fuqaro 1680 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 30 million so‘mga, Bektemir tumanida qayd etilgan holatda esa muqaddam sudlangan shaxs 133 dona “Regapen” va 43 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 12 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

    Foto: Telegram / “Xavfsizlik”

    Foto: Telegram / “Xavfsizlik”

    Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Farg‘ona—Sirdaryo yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Guliston shahrida yashovchi 31 yoshli shaxs boshqaruvidagi Gentra avtomashinasi “Sayxunobod” YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv davomida 242 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi hamda O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotik moddalar turkumiga kiruvchi 78 dona “Tramadol” dori vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olindi.

    Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, muqaddam sudlangan 30 yoshli shaxsning Guliston shahridagi yashash manzilidan 406 dona “Regapen” va 56 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Avvalroq Bo‘stonliqdagi “Bochka”da psixotrop modda sotuvchi ikki kishi qo‘lga tushgani, DXX Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki kishini ushlagani, Surxondaryoda kartoshka ichiga yashirib olib o‘tilayotgan 154 kg gashish to‘xtatib qolingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • DXX hududlarda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi (video)
    • O‘zbekistonga olib kirilayotgan salkam 230 kg giyohvand moddalar to‘xtatib qolindi (video)
    • DXX Samarqandda 1,2 kg giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?