O'zb
(Ўзб)Ўзбекча
(Рус)Русский
(Eng)English
Til
O'zb
(Ўзб)Ўзбекча
(Рус)Русский
(Eng)English
logo
  • Mahalliy
  • Markaziy Osiyo
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • Kolumnistlar
  • Multimedia
Menyu
Til
O'zb
(O'zb)O'zbekcha
(Ўзб)Ўзбекча
(Рус)Русский
(Eng)English
So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan Multimedia Kolumnistlar
  • Mahalliy
  • Markaziy Osiyo
  • Dunyo
  • Pul
  • Madaniyat
  • Layfstayl
  • Sport
  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
DARYO
  • Internet-nashr
  • Tahririyat haqida
  • Aloqa ma'lumotlari
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Yangiliklar arxivi
REKLAMA
Ijtimoiy tarmoqlar
  • Instagram | Rasmiy
  • Instagram | Lifestyle
  • Instagram | Sport
  • Facebook | Rasmiy
  • OK | Rasmiy
  • YouTube
Telegram-kanallar
  • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
  • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
  • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
  • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
  • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
  • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
  • Toshkentda
    +20°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
Bugun,

  • Toshkentda
    +20°C
    • Andijon
    • Qarshi
    • Buxoro
    • Samarqand
    • Farg‘ona
    • Sirdaryo
    • Jizzax
    • Termiz
    • Namangan
    • Toshkent
    • Navoiy
    • Toshkent vil
    • Nukus
    • Urganch
  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
  • Google play
  • App Store
  • Telegram
So‘nggi yangiliklarga o‘tish
  • Bugun, 17:55
    Ziyrak tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmagan mashhur film va multfilmlardagi 13 ta qiziqarli holat
  • Bugun, 17:42
    “Tolibon” yetakchisi amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimidan bo‘shatishni buyurdi
  • Bugun, 17:14
    Rasman: Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunladi
  • Bugun, 17:10
    Zelenskiy Rossiyaning Zaporojyedagi turar joyga uchirgan raketasi oqibatini ko‘rsatdi
  • Bugun, 16:15
    Toshkentda taroveh namozi o‘qiladigan masjidlar atrofida mashinalar harakati cheklanadi
  • Bugun, 15:43
    Hammasi o‘zingizga bog‘liq: Teri qarishiga sabab bo‘ladigan zararli odatlar
  • Bugun, 15:11
    Buxoroda OIVga chalingan qiz begona erkaklar bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlandi
  • Bugun, 14:10
    O‘zbekistonda mahalla nazorati va mahalla raisi so‘rovi institutlari joriy etiladi
  • Bugun, 13:40
    “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Makoley Kalkin ikkinchi marta ota bo‘ldi
  • Bugun, 13:30
    OKMK Navro‘z ayyomini keng nishonladi
    Reklama
Mahalliy
12.04.2022, 21:57
13840

Toshkentda tramvayni tiklash bo‘yicha texnik iqtisodiy asoslarni o‘rganish komissiyasi tuzilgan

Poytaxtga tramvayni tiklash bo‘yicha texnik iqtisodiy asoslarni o‘rganish bo‘yicha komissiyasiga xorijlik ekspertlarni ham jalb etish ko‘zda tutilgan. Bu haqda 12-aprel kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ruslan Ruzmetov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Toshkent shahrida tramvayni tiklash bo‘yicha topshiriq bor.

Hozir bu bo‘yicha texnik iqtisodiy asoslarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzilgan. Hozirda bu masala ko‘rib chiqilmoqda va masalani ko‘rib chiqishda xorijlik ekspertlarni jalb etish ham ko‘zda tutilgan. Endilikda texnik iqtisodiy asoslarni ilmiy yondashgan holda o‘rganish kerak. Masalan, avval yopilib ketgan tramvay yo‘nalishlarining yopilish sabablari to‘laqonli o‘rganiladi.

Shuningdek, birinchi navbatda, tramvayni qayta joriy qilish masalasi; ikkinchi navbatda, qayerda va qaysi yo‘nalishda amalga oshirishni asoslangan holda qilish uchun texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish jarayoni boshlangan. Biz ham qo‘shimcha tarzda bu jarayonlar qanday ketayotgani bo‘yicha ma’lumotlar berib boramiz. Chunki bu juda ham dolzarb masala. Bizga ham ko‘pgina savollar kelib tushgan. Hozirda mavjud infrastruktura hamda yer usti transportini uyg‘unlashgan holda kompleks o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ruslan Ruzmetov

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — “Beshqayrag‘och” dahasi va “Ippodrom” o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgandi.

Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgandi. “Menimcha” ko‘rsatuvida transport vazirining taqdimoti prezidentga ma’qul bo‘lmagani haqida so‘z borgan. Aynan ushbu ko‘rsatuvda telejurnalist Xayrulla Nuriddinov Toshkentga tramvay qatnovini qaytarish tarafdori ekanini aytib o‘tgan edi.

“Shahar transporti mavzusi ochilganidan foydalanib, yana bir taklifni aytmoqchiman. Aholiga qulay va sifatli transport xizmatini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku o‘sha qulay, bejirim, bir tekisda yuradigan, muhimi, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylarimiz. Bilmadim, balki xato qilayotgandirman, lekin bu mening shaxsiy fikrim. Agar poytaxt mutasaddilarining o‘rnida bo‘lganimda ana shu tashabbus bilan chiqqan bo‘lardim”, — degandi Xayrulla Nuriddinov.

Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida fuqarolar murojaati sabab tramvayni Toshkentga qaytarishni aytib o‘tdi. “Tramvayni Toshkentga ham qaytarmoqchimiz. Fuqarolardan bu borada ko‘plab xatlar va murojaatlar kelyapti”, — degan edi prezident.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov 16-fevral kuni poytaxt hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Navoiy ko‘chasida tramvay bo‘lmasligini aytgan edi. Transport boshqarma boshlig‘i Anvar Jo‘rayev esa tramvay bo‘yicha takliflar borligini bildirgandi.

Mavzuga doir: Toshkentga qaytayotgan tramvay haqida poytaxtda yashovchilarning fikri qanday?

Izoh(0) Biz Telegram’da
Ulashing:
  • Telegram
  • Facebook
  • Twitter
  • Odnoklassniki
Izoh
Kirish

Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, norozilik bildiring, deya undamoqda” — Navbahor Imomova
Bugun, 11:46
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Bugun, 10:11
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi
Bugun, 09:17
  • Daryo

    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma'lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
  • REKLAMA

  • Ijtimoiy tarmoqlar

    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
  • Telegram-kanallar

    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Nimani qidiramiz?
Izoh qoldirish uchun quyidagi veb-servislardan foydalangan holda avtorizatsiyadan o‘tishingiz lozim:
Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

Matnda xato topdingizmi?

×

Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.