• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Bunday bo‘lmadi. Buni biz qilmadik. Ular o‘zini o‘zi o‘ldirdi. Aslida haqiqiy jabrdiyda bizmiz”. XX asrda ko‘plab davlatlar o‘z jinoyatini shu kabi “argumentlar” bilan xaspo‘shlagan. Mana bunga uchta misol

    Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev yaqinidagi Bucha shahrida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining surat hamda videolari “navbatdagi provokatsiya” va “Kiyev rejimining G‘arb OAVlari uchun uyushtirgan yangi tomoshasi” ekani haqida rasmiy bayonot berdi. Bu Rossiya tomonning nafaqat Kiyev bayonotlariga, balki mustaqil jurnalistlar xabariga ham standart munosabati edi. Rossiya hukumati urush vaqtida bunday “argumentlar”dan foydalanishni ixtiyor qilgan yagona hukumat emas. “Meduza” XX asr tarixidan shunga o‘xshash ayrim voqealarni eslab o‘tdi. “Daryo” bu materialni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    1995-yilgi Srebrenitsa qirg‘ini qurbonlarining 613 tobuti. Umumiy hisobda sakkiz mingga yaqin odam uning qurboni bo‘lgan, lekin bu 613 jasad faqat 2011-yilda aniqlangan 

    1995-yilgi Srebrenitsa qirg‘ini qurbonlarining 613 tobuti. Umumiy hisobda sakkiz mingga yaqin odam uning qurboni bo‘lgan, lekin bu 613 jasad faqat 2011-yilda aniqlangan 
    Foto: Sean Gallup / Getty Images

    Ispaniyadagi fuqarolar urushi

    1937-yil 26-aprelda Gitler buyrug‘i bilan qo‘mondon Fransisko Franko boshchiligidagi millatchi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yuborilgan “Kondor legioni” samolyotlari Gernika shahriga — basklar qarshilik qilayotgan markazga hujum uyushtiradi.Bu qirg‘in shaharga olib boruvchi ko‘prikni va respublikachilarning harbiy-sanoat infratuzilmasini yo‘q qilish bahonasida amalga oshirilgandi, biroq hujum vaqtida aynan o‘sha obyektlar zarar ko‘rmagan. Shaharning qolgan qismi esa kunpayakun qilingan.

    Gernikaning havo hujumidan keyingi ahvoli

    Gernikaning havo hujumidan keyingi ahvoli
    Foto: Universal History / Universal Images Group / Getty Images

    Garchi undan avval ham frankochilar va ularning ittifoqchilari respublika shaharlariga havodan turib zarbalar yo‘llagan bo‘lsa-da, aynan Gernikaning vayron bo‘lishi Pablo Pikassoning shu nomdagi asari tufayli katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.

    “Gernika” asari

    “Gernika” asari
    Foto: Getty Images

    Shaharni vayron qilgan havo hujumi va yong‘indan so‘ng Gernikani egallab olgan millatchilar hujum oqibatlarini — bomba qoldiqlari va portlamagan snaryadlarni ko‘zdan yo‘qotishga kirishadi. Ular, shuningdek, Gernika vayron bo‘lishida respublikachilarning o‘zini ayblashni niyat qilib, turli joylarga yonilg‘i bochkalarini qo‘yib chiqadi.

    Jurnalistlar jonbozligi tufayli dastlabki kunlardayoq Gernikaga uyushtirilgan hujumda Germaniyaning qo‘li borligi fosh bo‘ladi. Lekin shaxsan Frankoning buyrug‘i bilan, general Gonsalo Keypo de Lyano, matbuot kotibi Luis Bolin va boshqa shaxslar frankochilar nazorati ostidagi radiostansiyalar va gazetalarga bayonot bilan chiqadi. Ular Gernikaga frankochilar tomonidan vayron qilingani haqidagi xorijiy xabarlar “kaltabin yolg‘onchilar” o‘ylab topgan uydirma ekanini ta’kidlaydi. Ularga ko‘ra, barcha dalillar shaharni aslida chekinayotgan respublikachilar yo‘q qilganidan dalolat berardi.

    Frankochilar buni qanday qilgan?

    Euskadi Respublikasi (Basklar mamlakati) yetkachisi Xose Antonio Agirre birinchi marta yolg‘on gapirayotgani yo‘q. Agirre bugun xorijiy aviatsiya basklarning nafsoniyatiga tegish uchun Gernikaga zarba berib, kulini ko‘kka sovurgani haqida xabar qildi. Agirre yolg‘on gapiryapti, aldayapti; buni o‘zi yaxshi biladi.

    Birinchidan, Ispaniyada hech qanday nemis yoki boshqa xorij aviatsiyasi yo‘q. Faqat ispan aviatsiyasi, olijanob va mard ispan uchuvchilari bor. Ular qizil samolyotlarda ruslar va fransuzlar bilan, shturvalni chet elliklarga berib, tinimsiz parvoz qiladi.

    Ikkinchidan, Gernikaga biz o‘t qo‘ymadik. Franko Ispaniyasi hech qayerga o‘t qo‘ymaydi. Olov — bu Irunni yoqib yuborganlarning, Eybarga o‘t qo‘yganlarning, Toledodagi Alkazar himoyachilarini tiriklayin yoqib yuborishga uringanlarning monopoliyasi (bu yerda Ispaniya fuqarolar urushidagi bir nechta to‘qnashuvlar eslatib o‘tilgan. Masalan, Irun shahri uchun bo‘lib o‘tgan jang — Meduza izohi).

    Agirre mayda qallob kabi yolg‘on gapirayotganidan o‘zi xabardorligini bilmaganimizda edi, unga Biskay frontida jang qilayotganlar bilan bir qatorda asturiyalik konchilar, olov va benzin, marksistik zo‘ravonlikka xos ayovsiz dinamit bilan yo‘q qilish bo‘yicha ustasi faranglar ham borligini eslatib o‘tgan bo‘lardik. Agirre o‘shalarning yordami bilan taxtda qolishni niyat qilgan.

    Lekin biz Gernikani qadrlardik. Biz Ispaniya tasarrufidagi hamma narsani qadrlaganimiz kabi uni va basklarni ham hurmat qilardik. Bularning barchasi tez orada umrboqiy, yagona va haqiqiy Ispaniyaga aylanishi kerak.

    Frankochilarga qarashli Proa gazetasidagi maqoladan iqtibos, 1937-yil 29-aprel

    Bosniya urushi vaqtida Sarayevodagi Markale bozorining o‘qqa tutilishi

    1994-yil 5-fevralda Sarayevoning o‘qqa tutilishi qamal sharoitida tanqis bo‘lgan oziq-ovqat uchun navbatda turgan 68 kishining hayotiga zomin bo‘ladi. Shaharni qamal qilgan serblar bosniyaliklarning “G‘arbning rahmini keltirib, ulardan yordam olish” uchun o‘ziga qarata atayin o‘q uzganini da’vo qiladi.

    Sarayevodagi qabriston, 1994-yilning fevral oyi. Urushdan oldin bu yerda Olimpiya o‘quv-mashq bazasi mavjud bo‘lgan 

    Sarayevodagi qabriston, 1994-yilning fevral oyi. Urushdan oldin bu yerda Olimpiya o‘quv-mashq bazasi mavjud bo‘lgan 
    Foto: Kevin Weaver / Getty Images
    Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal (SYXT) prokurorlari Markale bozoriga Serb Respublikasi qurolli kuchlari pozitsiyalaridan 120 millimetrli snaryad otilganini aniqlaydi. Biroq Slobodan Miloshevich, Radovan Kadarjich va boshqa Serb yetakchilari va Serb OAVlari Sarayevodagi Markale bozoriga bosniyaliklarning o‘zi minomyotdan hujum uyushtirganini aytadi. Shu bilan birga, ular bu da’voni tasdiqlagan yagona serblik ballistika mutaxassisining gapini ushlab olgandi.

    Masalan, 2005-yilda Serb Respublikasi RTRS davlat teleradiokompaniyasining Pečat ko‘rsatuvida bozorda 68 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan snaryad Serb pozitsiyalaridan otilgan bo‘lishi mumkin emasligi aytiladi. Bundan tashqari, ko‘rsatuvda ta’kidlanishicha, zarba natijasida atigi bir necha kishi halok bo‘lgan, qolgan qurbonlarning jasadlari propaganda ta’sirini kuchaytirish uchun voqea joyiga oldindan olib kelingan.

    Shuningdek, teledasturda aytilishicha, ushbu avvaldan tayyorlangan provokatsiyani hujjatlashtirish uchun to‘rtta suratga olish guruhi go‘yo voqea joyiga muddatdan oldin yetib kelgan.

    Markale voqealarining ushbu konspirologik tafsiloti Serbiyada va Serb Respublikasida hali ham juda mashhur.

    Turkiyadagi arman genotsidi

    1915-yil 24-aprelda Usmonli hukumati Konstantinopolda (Istanbul) 800 nafarga yaqin arman ziyolisini hibsga olib, so‘ngra o‘ldirib yuboradi. Bu, taxminan, 1922-yilgacha davom etgan Usmonli Turkiyaning nasroniy aholisini (shu bilan birga, yunonlar va ossuriyaliklar ham jabr ko‘rgan) maqsadli yo‘q qilish kampaniyasini boshlab bergandi.

    Turkiyadagi genotsid qurbonlari. 1915-yil

    Turkiyadagi genotsid qurbonlari. 1915-yil
    Foto: Universal History Archive / UIG / Getty Images
    Armanlar shu qadar jadallik bilan quvg‘in qilinib, qirilganki, o‘sha vaqtda asosan armanlar istiqomat qilgan sharqiy Turkiyaning ba’zi hududlarida birorta ham arman qolmagan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hammasi bo‘lib, o‘sha yillar davomida halok bo‘lgan armanlar soni yo 800 mingga yetgan, yo bir milliondan ortgan. Hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlari, shu jumladan, Rossiya ham bu voqealarni genotsid deb tan oladi.

    Bu voqealar davom etayotgan vaqtda yosh turklarning millatchi hukumati “armanlardan qutulish” zaruriyatini ular go‘yo I Jahon urushida Turkiya dushmanlariga, birinchi navbatda, Rossiyaga ko‘maklashayotgan xoinlar ekani bilan izohlaydi. Keyingi yuz yil davomida Turkiyaning Kamol Otaturkdan Rajab Toyyib Erdo‘g‘ongacha bo‘lgan hukumati va yetakchilari ham bu borada sukut saqlab, genotsidni davlat darajasida inkor etmoqda.

    2014-yilda Turkiyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri (va hozirgi prezidenti) Erdo‘g‘on kutilmaganda “XX asr boshlaridagi voqealarda halok bo‘lgan” armanlarning nevaralariga hamdardlik bildirgan bo‘lsa-da, Turkiyada armanlar genotsidini tan olish “turk xalqi va uning davlatchiligini haqorat qilgani uchun” javobgarlikka tortuvchi qonun bo‘yicha rasman jinoyat sanaladi. Arman genotsididan omon qolganlar yoki G‘arb diplomatlarining Turkiya davlat arxivida havola etilmagan barcha guvohliklari “soxtalashtirish” deb ataladi. Shu bilan birga, AQSHning Turkiyadagi elchixonasidan diplomatik ravishda sizdirilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu arxivda genotsid haqidagi ma’lumotlar muntazam yo‘q qilib boriladi.

    Turkiya hukumati haligacha genotsid haqidagi faktni inkor etibgina qolmay, turklarning o‘zini “genotsidning haqiqiy qurbonlari” sifatida ko‘rsatmoqda. Masalan, Turkiyaning sharqiy qismidagi Ig‘dir shahrida genotsid yodgorligi va muzeyi bor, lekin u XX asr boshlarida go‘yo “armanlar tomonidan genotsidga uchragan turklar”ga atalgan. O‘sha yillar haqiqatan ham turklarning armanlar tomonidan o‘ldirilishi holatlari bo‘lgan, lekin uning ko‘lamini turklar tomonidan amalga oshirilgan “tozalash” bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

    Mavzuga doir: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar haqida

    07.04.2022, 15:16   Izoh (0)   48281
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.