Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tibbiyot xodimlari shifoxona hududini tozalashga majbur qilingan. Bu haqda viloyatda faoliyat yurituvchi bloger Otabek Artikov xabar bergan.

Vaziyat haqida jamoatchilikka axborot tarqatgan bloger “Prezident kelganda ham majburiy mehnatga jalb qilinmagan shifokorlar sog‘liqni saqlash vaziri kelishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun majburan ishlatilgan”, — deydi.

Videoda tungi paytda tuman tibbiyot birlashmasi hovlisidagi o‘tlarni tozalayotgani ko‘ringan tibbiyot xodimlarining aytishicha, tozalash ishlari bo‘lishi kerakligi haqida tuman tibbiyot birlashmasiga topshiriq bo‘lgan.

Topshiriq aynan kimdan kelgani haqida ma’lumot yo‘q.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov “Daryo” so‘roviga javoban holat o‘rganilayotganini, tez orada axborot berilishini ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining bugun tarqatgan axborotida aytilishicha, viloyatda vazirlik markaziy apparati jamoasi, ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari professor-shifokorlari, jami 150 nafardan ortiq mutaxassislardan iborat tibbiy guruh ish olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...