• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi

    30—31-mart kunlari Xitoyning Xuanshan shahrida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarining 3-vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumatlari a’zolari va tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Konferensiya doirasida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy boshchiligidagi Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda Indoneziya va Qatar tashqi ishlar vazirlari mehmon sifatida qatnashgan. Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston nomidan bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ishtirok etgan.

    Konferensiyada mojarodan keyingi davrda Afg‘onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Tomonlar ichki va tashqi muammolarni hal qilishda Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashning eng samarali yondashuvlari yuzasidan fikr almashgan. Shu bilan birga, mamlakat muvaqqat hukumati tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar e’tirof etilgan.

    Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish uchun mintaqa davlatlarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, mamlakatda barcha etnik va siyosiy guruhlarning ishtirokiga asoslangan inklyuziv hukumat tuzishni jadallashtirish, shuningdek, inson hamda ayollar va milliy ozchiliklarnining huquqlarini ta’minlash muhimligi ta’kidlangan. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan mamlakatdagi terroristik tashkilotlar faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik hamda Afg‘oniston hududidan qo‘shni davlatlarga tahdidlarning oldini olish bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilishining muhimligiga, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning boshqa talablariga alohida e’tibor qaratilgan.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    “Konferensiyada so‘zga chiqqan Sardor Umurzoqov Afg‘onistonga mavjud muammolarni bartaraf qilish, milliy iqtisodiyotni qayta jonlantirish, ijtimoiy masalalarni hal etish va mamlakat hayotini normallashtirishda ko‘maklashishga qaratilgan mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olishning mexanizmi va mezonlarini ishlab chiqish taklif qilindi. Ushbu choralar mamlakatning mintaqaviy makon va xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvini tezlashtirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

    Shuningdek, O‘zbekiston tomoni mintaqa davlatlari, hamkor mamlakatlar va Afg‘oniston bilan barcha ustuvor yo‘nalishlarda, jumladan, iqtisodiy jihatdan tiklashni tezlashtirish va afg‘on xalqining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini bildirgan.

    Anjuman yakunida taraflarning qo‘shma bayonoti va Afg‘onistonni iqtisodiy jihatdan tiklashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Tunsi tashabbusi” qabul qilingan.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Tadbirlar doirasida Sardor Umurzoqov xorijlik hamkasblari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar ham o‘tkazgan. Xususan, Xitoy davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Uchrashuvlar davomida tomonlar olib borilayotgan sa’y-harakatlarning hozirgi holatini muhokama qilgan hamda ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish borasida navbatdagi tadbirlarni belgilab olgan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar transafg‘on temiryo‘li qurilishini boshladi
    • O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida xalqaro yuk tashuvlarida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama etildi

    01.04.2022, 12:33   Izoh (0)   13595
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shakar va sabzavotlar keskin qimmatladi. O‘zbekistonda mart oyida narxlar qanday o‘zgardi?

    01.04.2022, 12:12

    Uzcard kontaktsiz to‘lov kartalarini taqdim etdi

    01.04.2022, 11:56

    “Rahmonovning o‘limi xizmat bilan bog‘liq emas”. Svetlana Ortiqova ish vaqtida vafot etgan xodimiga 951 mln so‘m nafaqa puli to‘lanishiga munosabat bildirdi

    01.04.2022, 11:47

    “Afg‘on masalasi jahon siyosatida ikkinchi darajaga tushib qoldi” — O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari

    01.04.2022, 11:28

    O‘zbekistonda mart oyidagi inflyatsiya so‘nggi 9 oy ichida eng yuqorisi bo‘ldi

    01.04.2022, 10:40

    Pora olgan yoki berganmisiz? — “Daryo”da kichik so‘rovnoma

    01.04.2022, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.