Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra unitar korxonada kuzatuv kengashi tashkil etilishi va kengash korxonaning boshqaruv organi bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Davlatning ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi “oltin aksiya”ga oid normalar qonunchilikdan chiqarib tashlangan.

Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolarining vakolati 1 yildan 3 yilga uzaytirilgan.

Shuningdek, yuridik shaxslarning ustav fondida kamida 5 foiz ulushga ega bo‘lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Ilgari 10 foiz bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi