• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik darajasi juda ham yuqori natijalar ko‘rsatmoqda” — O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

    Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi. Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolangan.

    O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahrom Sotiboldiyev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, strategik sherikchilik va kelgusidagi rejalar haqida fikr bildirdi.

    Bahrom Sotiboldiyev

    Bahrom Sotiboldiyev
    Foto: “Daryo”
    Tadqiqotchi ekspertlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik darajasi juda ham yuqori natijalar ko‘rsatayotganini aytmoqda. Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida o‘zini dunyoga namoyon qilyapti. Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan Turkiya ham to‘g‘ri foydalanishga harakat qilyapti. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Sababi O‘zbekiston bilan hamkorlik Turkiyaning investitsiyalari, ilm-fani rivojlanishi uchun ham foyda. Shuningdek, Turkiya bilan O‘zbekiston hududidagi xomashyo resurslarni qayta ishlab, tayyor mahsulotni birgalikda ishlab chiqarib, uni yangi-yangi bozorlarga sotish imkoniyati paydo bo‘lyapti.

    Qurilish sektorida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi 5 yil ichida olib borilayotgan qurilishlarda, yangi texnologiya va bilimlarni jalb qilishda turkiyalik tadbirkorlarning, katta-katta shirkatlarning bilimlaridan, tajribalaridan, imkoniyatlaridan foydalanyapmiz. O‘zaro manfaatli aloqalarda biz ulardan bilim va ko‘nikmalar, tajribalarni olyapmiz, ular esa o‘zlari uchun yangi bozorlarni kashf qilyapti. Shuningdek, bu aloqalar ikki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlik rishtalarini yanada jipslashtirish uchun imkoniyat beradi.

    O‘ylaymanki, dunyoning geosiyosiy hamda geoiqtisodiy xaritasi juda katta o‘zgarishlarni boshdan kechiryapti. Bu kabi jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotgan bir davrda, xavf va tahdidlarni ko‘payganligi bilan birgalikda, ehtimol, yangi imkoniyatlar eshiklari ochilayotgan bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham biz imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishdan rag‘bat topishimizni o‘ylashimiz kerak. Turkiya ham xuddi shunaqa fikrda, deb o‘ylayman. Jaloliddin Rumiyning bir yaxshi gapi bor – “Imkoningdan imkon izla”. Har qanday murakkab holatda ham undan chiqib ketishning yo‘llari bo‘ladi.

    O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, bo‘lim boshlig‘i Bahrom Sotiboldiyev

    Mutaxassis O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri — Markaziy Osiyoni birgalikda harakat qiladigan maydonga aylantirishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

    “Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi xomashyo resursiga boy, arzon ishchi kuchiga ega bo‘lgan mamlakatlar hisoblanadi. Texnologiyalarni birgalikda olib kirib, birgalikda bozor yaratib, shu bozorning imkoniyatlaridan raqobat qilmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning sa’y-harakatlarini jipslashtirib, bunyodkorlik, yaratuvchilik markazlarini tashkil qilish kerak. Zero bundan hamma foyda topsin, zarar topmasin. Bizning eng asosiy maqsadimiz ham shu. Shundagina birgalikda bu mintaqani barqaror rivojlantirish mintaqasiga aylantiramiz. Prezidentimizning niyatlari xolis. Bu rejalarga biz birlashib, jips bo‘lib, mamlakat rahbariyatining atrofida birlashgan holda harakat qilsak, albatta, erishamiz”, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bahrom Sotiboldiyev Turkiya bilan aloqalarni yaxshilash juda ko‘p sohalarda namoyon bo‘layotgani haqida aytib, uni misollar bilan izohladi.

    “Masalan, investitsiyalar, to‘qimachilik, ta’lim, maorif, yangi sanoat klasterlarini tashkil qilish, xomashyo mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish kabi sohalarda namoyon bo‘lmoqda. Yangi ochilayotgan imkoniyatlardan ular ham, biz ham to‘g‘ri foydalanishimiz kerak. Vaqt juda shiddat bilan o‘tyapti, sharoit tez o‘zgaryapti. Lekin shunga qaramasdan biz buni to‘g‘ri baholashimiz, vaziyatdan unumli foydalanishimiz kerak. O‘ylaymanki, ikki mamlakatning intilishlari xolis va ikkala tomon uchun ham foydali bo‘ladi”, — deydi u.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Turkiya strategik sheriklik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazish uchun Turkiyaga borish rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 29-mart kuni Toshkent viloyatida zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirish hamda Sirdaryo viloyatida shunday stansiya qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi. Ushbu loyihalar Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida, mehnat va bandlik, sud ekspertizasi, qurilish kabi sohalarga oid hujjatlar imzolandi.

    30.03.2022, 20:32   Izoh (0)   22384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zangiota hokimi o‘rinbosari qidiruvga berildi

    30.03.2022, 20:20

    O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Ichan qal’aga tashrif buyurdi

    30.03.2022, 20:11

    O‘zbekiston “Yashil” o‘sish indeksida Osiyo davlatlari ichida 33-o‘rinda. “Yashil” iqtisodiyot o‘zi nima degani?

    30.03.2022, 20:08

    O‘qituvchilarni uzr so‘rashga majburlagan Marhamat hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi

    30.03.2022, 19:55

    Toshkentda fohishalik bilan shug‘ullangan 14 nafar ayol ushlandi

    30.03.2022, 19:26

    Farg‘onada o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan shaxslar aniqlandi

    30.03.2022, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.