Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Rossiya rubli 116 so‘mgacha ko‘tarildi. Taqqoslash uchun, rubl 9-mart kuni 80 so‘mga baholangandi.

Shu bilan birga, boshqa chet el valyutalari, masalan, AQSH dollari va yevro O‘zbekistonda bir necha kundan beri pasaymoqda.

Rubl mustahkamlanishining sabablari bir nechta, lekin asosiysi — Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sanksiya qo‘llagan mamlakatlarga gazni faqat rublda sotish haqidagi qarori.

Foto: Bloomberg / Andrey Rudakov

Foto: Bloomberg / Andrey Rudakov

Mahsulotlarimizni Yevropa Ittifoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlariga yetkazib berib, to‘lovni dollar, yevro yoki boshqa valyutada olish biz uchun endi hech qanday ahamiyatga ega emas, — izohlaydi Putin.

Uning so‘zlaridan kelib chiqadiki, gaz – bu bor-yo‘g‘i boshlanishi. Rossiya bozorning asosiy qismini egallaydigan neft, qalay, nikel, kobalt, oltin va boshqa tovarlar tez kunlarda rublda sotishni boshlaydi. 

Mazkur qarordan keyin rubl boshqa valyutalar, shu jumladan, so‘mga nisbatan mustahkamlanishni boshladi.

Bu qanday bo‘ladi – Rossiya oldinlari gaz evaziga valyuta olgan bo‘lsa, endi esa xorij mamlakatlarining o‘zi rublni sotib olishi kerak. O‘z valyutasini sotish va rubl sotib olish orqali Yevropa va AQSH rublni o‘z valyutalariga nisbatan mustahkamlaydi. 

Rossiya jahonning eng yirik gaz eksportchisi: OPEK ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya eksporti yiliga deyarli 200 mlrd kub metr yoki 16 foiz gazni tashkil qiladi.

2020-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahon gaz zaxirasining 23,6 foizi Rossiya zaxiralariga to‘g‘ri keladi. Rossiyada hozirgi gaz qazilmalari avvalgi maksimal darajaga yetgan.

Rossiya gazining eng yirik xaridori – Yevropa. Ushbu bozorning deyarli 75 foizini Rossiya gazi tashkil qiladi.

So‘nggi o‘n yilda Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning Rossiya gaz ta’minotiga bo‘lgan talabi shaxsiy qazilmalar va importning oshishi oqibatida o‘sdi.

Valyuta o‘rniga rublda to‘lash mexanizmi endi ishlab chiqiladi va u qanday shaklda qabul qilishi hali aniq emas.

Hozircha Yevropaga kirib kelayotgan 58 foiz Rossiya gazi uchun to‘lovlar yevroda, 39 foizi – dollarda, 3 foizgacha bo‘lgan qismi esa funt sterlingda to‘lanadi.

Buning O‘zbekistonga qanday ta’siri bor?

Kuchli rubl O‘zbekiston uchun yaxshi.

Birinchidan, mamlakatga amalga oshirilayotgan pul o‘tkazmalari orqali valyuta oqimi oshadi. 

Masalan, 2020-yili rubl dollarga nisbatan qadrsizlanganda Rossiyadan amalga oshiriladigan o‘tkazmalarning 11 foizga, O‘zbekistonga umumiy o‘tkazmalarning 4 foizga qisqarishiga olib kelgan edi.

Xalqaro pul o‘tkazmalari o‘z navbatida boshqa ko‘rsatkichlarga, shu jumladan, o‘zbek so‘miga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Misol uchun, 2021-yilda O‘zbekistonga 7 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kirib kelgan. Bu so‘mning bor-yo‘g‘i 3,4 foizga (2019-yildan beri eng yaxshi ko‘rsatkich) qadrsizlanishiga sabab bo‘lgan omillardan biriga aylangan.

Markaziy bankdagilarning aytishicha, eksportdan tushgan valyuta tushumlari, shuningdek, pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli oshishi kurs qiymatini ushlab turishga yordam bergan.

O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 34 foizni tashkil etib, buning hisobiga xorijiy valyuta taklifi 1,6 barobar oshgan.

Ikkinchidan, rublning ko‘tarilishi O‘zbekiston eksportchilariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

2021-yil sarhisoblariga ko‘ra, Rossiya Xitoyni orta qoldirgan holda, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkoriga aylandi.

Rossiya bilan savdo-sotiqlar o‘tgan yili 7,4 mlrd dollarni tashkil qildi (5,4 mlrd dollar import, 2 mlrd dollar eksport).

Rossiya — O‘zbekistonning meva va sabzavotlari, tekstil va boshqa mahsulotlari bo‘yicha uning asosiy xaridori. Masalan, o‘tgan yili Rossiyaga qariyb 1 mlrd dollarlik tekstil mahsulotlari sotilgan edi.

Rossiya bozorlaridagi O‘zbekiston mahsulotlari rublda baholanadi va rubl ko‘tarilgani sayin eksportchilar daromadi oshadi. 

Avvalroq Yevropa qanday qilib gaz masalasida Rossiyaga qaram bo‘lib qolgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi