Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avvalroq Yevrokomissiya Rossiya ko‘miri, neft va gazidan 2030-yilgacha voz kechish yuzasidan xomaki reja ishlab chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Bloomberg / Andrey Rudakov

Foto: Bloomberg / Andrey Rudakov

Rossiya gazi odatda arzon, tashishga qulay va doim mavjud bo‘lgani sabab Yevropa uchun manfaatli bo‘lib kelgan. Rossiya dominantligi Buyuk Britaniya va Niderlandiya nazoratidagi Shimoliy dengiz konlarining qurib ketishi oqibatida kuchaydi.

“Gazprom” Yevropada iste’mol qilinadigan gazning uchdan bir qismini ta’minlaydi, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldin, Yevropada ishlab chiqarish qisqargani sari yanada muhim ahamiyatga ega bo‘la boshlagan edi.

Biroq mart oyida Rossiya ta’minotni qisqartirish bilan tahdid qildi, Yevropa Ittifoqi esa o‘z qaramligini pasaytirish yo‘llarini belgilay boshladi.

Rossiya qanday qilib bu qadar muhim ahamiyatga ega bo‘la olgan?

O‘zining keng Sibir konlariga bilan, Rossiya dunyodagi eng katta tabiiy gaz zaxiralariga egadir.

Gaz eksporti 1940-yillarda Polshaga gaz yetkazib berishdan boshlanib, yoqilg‘i yetkazib berish uchun 1960-yillarda o‘sha davrlardagi Sovet Ittifoqining yo‘ldosh davlatlari orqali quvurlar o‘tkazgan edi. Sovuq urushning ayni avjiga chiqqan paytlarida ham yetkazib berish barqaror davom etar edi. 

Rasm: Bloomberg

Rasm: Bloomberg

Yevropa qanchalik ojiz?

2021-yil oxirlarida ta’minot bilan bog‘liq uzilishlar Yevropaning Rossiya gaziga qaram ekanini aniq-ravshan namoyon etdi.

Yevropa Ittifoqidagi gaz zaxiralari Norvegiya konlarini odatdagidan uzoqroq saqlashi va Rossiya o‘z zaxiralarini qayta tiklashdan keyingi o‘n yil ichida eng past mavsumiy darajaga tushdi.  Gazning bazaviy narxi 3 baravar oshdi. 

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan xaridlarning davom etishi iqtisodiy blokdagi munozarali masalaga hamda AQSh bilan kechuvchi kelishmovchiliklar nuqtasiga aylandi.

Ukraina qanday ahamiyatga ega? 

Yevropaga yetkazib berilayotgan Rossiya gazining uchdan bir qismi Ukraina orqali o‘tadi.

Mintaqadagi inqiroz urushga aylansa ham, narx bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli yetkazib berishda uzilishlar bo‘lgani sabab, Rossiya ishonchli ta’minotchi sifatida gavdalanishga urinishi mumkin.

Bloomberg News va BCS Global Markets’ning ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021-yilda “Gazprom”ning Yevropa va Turkiyaga yetkazib berish hajmi qariyb 177 mlrd kub metrni tashkil qilgan.

Jadval: Bloomberg

Jadval: Bloomberg

2019-yil dekabr oyida Ukraina va Rossiya gazni 2024-yilgacha yetkazib berish bo‘yicha besh yillik tranzit kelishuviga erishganida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat tranzit to‘lovlaridan kamida 7 mlrd dollar daromad olishini aytgan edi.

Rossiya ilgari bozorni qanday buzgan?

Gaz narxini belgilash va yetkazib berish bo‘yicha 2006 va 2009-yillarda Ukraina bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar Rossiya ta’minotlarining mamlakat orqali tranzitlanishini to‘xtashiga sabab bo‘ldi.

Ikkinchi o‘chirish qishning qahraton sovug‘ida  deyarli ikki hafta davom etdi. Slovakiya va ba’zi Bolqon mamlakatlari gaz yetkazib berish, zavodlarni yopish va elektr ta’minotini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Shundan beri eng zaif davlatlar quvurlarni o‘tkazish, tarmoqlarni ulash va suyultirilgan tabiiy gazni import qilish uchun terminallar qurishga qattiq bel bog‘lamoqda.

Tabiiy gaz esa yoqilg‘ining o‘ta sovutilgan shakli bo‘lib, uni hattoki Qatar va AQShdan ham jo‘natish mumkin.

Qanday ta’minot zanjirlari mavjud?

Tashqi ta’minotlar, asosan, Rossiya, Norvegiya va Jazoir tomonidan ta’minlanib, Yevropa Ittifoqi tomonidan iste’mol qilinadigan gazning taxminan 80 foizini tashkil qiladi.

Belgiya, Ispaniya va Portugaliya, endilikda blokning bir qismi bo‘lmagan va o‘zining yagona yirik omborini yopgan Buyuk Britaniya singari gaz saqlash sig‘imining yetishmovchiligiga duch kelmoqda.

Qit’ada Rossiyadan Belarus va Polsha orqali Germaniyaga o‘tadigan “Yamal-Yevropa” va Rossiya gazini Avstriya va Italiyaga olib keladigan TAG kabi ko‘plab gaz inshootlari mavjud. Ularning aksariyati ko‘plab ehtimoliy to‘siqlarni hosil qilgan holda, bir nechta chegaralarni kesib o‘tadi.  

Rasm: Bloomberg

Rasm: Bloomberg

“Shimoliy oqim 2” gaz quvuri haqida nimalar ma’lum?

2021-yil oxirida Rossiyaning birinchi gaz quvuriga parallel ravishda o‘tadigan yangi “Shimoliy oqim-2” gaz quvurining qurilishi yakunlandi. Biroq u siyosat va tartibga solishning uzoq jarayoni bilan aralashib ketdi.

Rasm: Bloomberg

Rasm: Bloomberg

Qurilishning kechikishiga sabab bo‘lgan sanksiyalarni joriy qilgan Qo‘shma Shtatlar tomonidan kuchli qarshilik kuzatildi.

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, Germaniya “Shimoliy oqim 2”ni sertifikatlash jarayonini to‘xtatdi, Yevropa Ittifoqining ijrochi kuchlari esa “joriy yilda Rossiya gaziga qaramlikni sezilarli kamaytirish” maqsadida blok uchun qayta ko‘rib chiqilgan energetika strategiyasini tayyorladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi