• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Gollivud yulduzlarining onasiga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qizlari (foto)

    Genlar — ajoyib narsa. Oilaviy albomdagi fotosuratlarni ko‘rib, bunga bir necha bor o‘zingiz ham amin bo‘lgansiz. Odatda bola onadan ham, otadan ham nimalarnidir oladi. Biroq ba’zida tabiat shunday mo‘jizalar yaratadiki, farzand ota-onasidan birining aniq nusxasi bo‘lib chiqadi.

    Riz Uizerspunning qizi Ava, 22 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Riz Uizerspun va Rayan Filippning qizi Ava mashhur onasiga shunchalik o‘xshaydiki, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Qiz haqiqatan ham aktrisa onasidan ko‘p narsa olgan: sarg‘ish sochlar, ko‘z qarashlari, yorqin tabassumi va hatto iyagining shaklini ham.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ammo ba’zida Avaning tashqi ko‘rinishida dadasining xususiyatlari ham ko‘rinadi, ammo qolgan barcha narsada onasining o‘zi!

    Julianna Murning qizi Liv, 19 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Aktrisa Julianna Murning yosh qizi Liv ham onasiga juda o‘xshaydi. U onasidan eng yaxshi tomonlarni olgan: nozik yuz tuzilishi, oppoq teri va misrang sochlar. Qiz omma oldiga onasi Julianna bilan tez-tez chiqib turadi, matbuot esa Liv go‘zallikda onasidan ham o‘tib ketgani haqida bong uradi.

    Sindi Kroufordning qizi Kaya, 20 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kaya Gerberning nomi bugun hamma joyda yangramoqda. Qiz podiumlarning yulduzi va ko‘plab brendlarning sevimlisi bo‘lib, u muntazam ravishda moda jurnallari muqovalarini bezatadi. Sindi qizi bilan faxrlanishini yashirmaydi va ko‘pincha unga tajribali supermodel sifatida dono maslahatlar beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kaya ajoyib tarzda onasiga o‘xshaydi. Ko‘pchilik hatto yosh sohibjamolni Sindi 2.0 versiyasi deb ham ataydi. Kaya mashhurlik va talabgirlik bo‘yicha 1990-yillarning yulduzini ortda qoldirish uchun barcha imkoniyatlarga ega deb hisoblaydi.

    Milla Yovovichning qizi Ever, 14 yoshda

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Milla Yovovichning to‘ng‘ich qizi Ever bolaligidan unga juda o‘xshaydi, hatto ularni chalkashtirib yuborish ham mumkin. Qiz hamma narsada mashhur onasidan o‘rnak oladi, hozirda u ham katta ekranlarda karyerasini boshlagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Internet foydalanuvchilarining fikricha, agar mashhur ota-onalarning homiyligi bo‘lmaganida, Ever muvaffaqiyatli kino karyerasini qura olmagan bo‘lardi. Milla haqiqatan ham qiziga kino olamiga kirishi uchun har tomonlama yordam berganini inkor etmaydi. Shu bilan birga, Yovovich qiziga nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi ham meros bo‘lib o‘tganini ta’kidlaydi.

    Anjelina Jolining qizi Shaylo, 15 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Anjelina Joli va Bred Pittning katta qizi Shaylo ham ajoyib genga ega. U otasidan ham nimalarnidir olgan, lekin onasi qiziga tabiiy go‘zalligini saxiylik bilan bergan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2021-yildagi film premyeralarida u onasi bilan birga ko‘rinish berdi. O‘shanda muxlislar Shayloning go‘zalligini to‘liq baholashga muvaffaq bo‘lishdi: uning ixcham burni, katta ko‘zlari va, albatta, qalin lablari – Joliga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi.

    Meril Stripning qizi Memi, 38 yoshda

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Oskar” sovrindori Meril Stripning to‘ng‘ich qizi Memi — tabiat ba’zida aqlbovar qilmaydigan narsalarni yaratishiga yana bir ajoyib misol. Memi aktrisa onasiga shunchalik o‘xshaydiki, ularning birgalikda tushgan suratlarini ko‘rsangiz, ikkita bir xil odamni ko‘rgandek bo‘lasiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yuz va ko‘z shakli, ilgaksimon burun — bularning barchasini onasidan olgan. Ammo aktrisaning to‘ng‘ich qizi Merilniki kabi omadli karyera qura olmadi. U filmlarda tez-tez rol o‘ynaydi, lekin doimo mashhur onasining soyasida qoladi.

    Liza Bonening qizi Zoi, 33 yoshda

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Zoe Kravits ko‘p jihatlarni mashhur otasidan olgan bo‘lsa ham onasiga ko‘proq o‘xshaydi. Bu o‘xshashlik Liza Bonening arxiv fotosuratlarini ko‘rganda ayon bo‘ladi, unda u ham qizi kabi juda yosh ko‘rinadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Zoe bunday iltifotli taqqoslashlarga qarshi emasdek, chunki u ko‘pincha yulduz onasiga o‘xshashini ataylab ta’kidlashga urinadi, ayniqsa, sochlarini uzun afrokokil qilganida — bir paytlar mazkur soch turmagi Liza Bone tufayli trendga aylangan.

    Mavzuga doir:

    • Kal Maykl Jekson, yetim Merilin Monro — mashhurlar haqida siz bilmagan faktlar
    • Gollivudning eng namunali juftliklaridan oila mustahkamligini ta’minlashga yordam beradigan tavsiyalar
    • Umr yo‘ldoshidan ayrilgan va yana baxtini topa olgan Gollivud yulduzlari (foto)
    • Gollivud yulduzlarining baxtli yakun topmagan sevgi hikoyalari (foto)

    20.03.2022, 20:22   Izoh (0)   40305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kal Maykl Jekson, yetim Merilin Monro — mashhurlar haqida siz bilmagan faktlar

    20.03.2022, 11:32

    Mashhur turk aktyori O‘zjan Deniz eronlik dizayner bilan turmush qurmoqda (foto)

    18.03.2022, 18:52

    Polshalik Karolina Belyavska “Dunyo go‘zali – 2021” xalqaro go‘zallik tanlovida g‘alaba qozondi (foto)

    18.03.2022, 14:51

    Gollivud aktrisasi Sandra Bullok kinodagi faoliyatini yakunladi

    17.03.2022, 21:58

    Hayratda qolishingiz kafolatlangan: butunlay boshqa qiyofaga kirgan grimdagi yulduzlar (foto)

    17.03.2022, 14:01

    Instagram: So‘nggi manzilga kuzatilgan To‘ti Yusupova, 1,5 mlrd so‘mga mashina olgan Og‘abek Sobirov, xorijga chiqishi cheklanadigan Yulduz Usmonova

    16.03.2022, 22:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.