Jamoat xavfsizligi universiteti rahbarining birinchi o‘rinbosari, professor, yuridik fanlar doktori Mirafzal Mirakulov Tibbiy sug‘urtaning konstitutsiyaviy mustahkamlanishi borasida o‘z fikrlarini bayon qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotda fuqarolarni qonunda, eng avvalo Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan kafolatli tibbiy yordam turlaridan bepul foydalanish huquqiga ega. Shu maqsadda, biz turli tibbiy sug‘urta shakllarini rivojlantirish uchun konstitutsiyaviy asos yaratishimiz kerak – deb juda dolzarb masalani ko‘tardilar.
Tibbiy sug‘urta shakllarini rivojlantirishni konstitutsiyaviy mustahkamlash –aholi salomatligini kafolatlashga, fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini to‘laqonli amalga oshirishga, tibbiy xizmatlardan foydalanishda barchaga bir xil imkoniyat yaratib berishga, tibbiyotdagi moddiy-texnik bazani yanada yaxshilashga imkon yaratadi.
Tibiy sug‘urtaning konstitutsiyaviy mustahkamlanishi sug‘urta bozorini o‘sishi, kuchli raqobatni vujudga kelishi, shifokorlarning ham maoshi oshishi, bemorlarning “qo‘liga qarash”dek jirkanch holatni yo‘qolishi, tibbiyot muassasalari o‘rtasida raqobat kuchayishi, oxir oqibatda esa fuqaro sog‘lig‘ini sifatli tiklashga erishiladi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar eng yaxshi davolaydigan tibbiyot muassasalarining reytingi yuzaga keladi.
Tibbiy sug‘urtaga oid konstitutsiyaviy qoidalar Bolgariya, Malayziya, Moldova, Serbiya, Shveysariya, Turkiya kabi davlatlar konstitutsiyalarida o‘z aksini topgan”, – deydi Mirafzal Mirakulov.
Izoh (0)