Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kefir organizmga juda foydali ta’sir ko‘rsatadi, chunki u juda ko‘p miqdorda foydali moddalarni o‘z ichiga oladi: bular A, B, C, D, PP guruhlari vitaminlari va kaliy, kalsiy, mis. Shuningdek, kefir ko‘pchilikning kundalik ratsioniga kiritilgan, ammo bu to‘g‘rimi, eng muhimi, xavfsizmi degan savolga quyida javob beramiz.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Kefirning foydali jihatlari

Kefirning boy tarkibi tufayli ichimlik yoshartirish qobiliyatiga ega, shuningdek, ichak mikroflorasini normallashtiradi, qonni tozalaydi, organizmdagi kislota balansini barqarorlashtiradi va immunitetni mustahkamlaydi.

Bundan tashqari, ichimlikning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli laktoza sut kislotasiga aylanadi va shuning uchun organizmda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi. Kefir asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va organizmni tozalashga yordam beradi.

Shuningdek, yog‘siz kefir qon tomirlari devorlarida xolesterin to‘planishini oldini oladi, shuningdek, yomon xolesterin darajasini pasaytiradi. Biroq, bunday ichimlikda yog‘lisiga qaraganda kamroq vitamin va minerallar mavjud.

Kefirning zararli jihatlari

Afsuski, bunday xavfsiz ichimlik hamma uchun mos emas. Masalan, gastrit, oshqozon yarasi yoki oshqozon infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan odamlar uchun kefir tavsiya etilmaydi.

Mutaxassislar faqat kefirdan kundalik foydalanishning ijobiy ta’sirini qayd etishdi. Shunday qilib, unga ko‘ra:

  • Suyaklar mustahkamlanadi. Shunga ko‘ra, suyak sinish xavfi kamayadi, bu keksalar uchun muhimdir.
  • Yurakning holati yaxshilanadi. Masalan, qon bosimi pasayadi, shuningdek, ateroskleroz xavfi ham.
  • Qonda shakar miqdorini normallashtiradi. Bu xususiyat, ayniqsa, diabetdan aziyat chekadiganlar uchun foydalidir.
  • Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Ichimlik tarkibidagi foydali moddalar ichak mikroflorasini me’yorga keltiradi.
  • Xolesterin kamayadi. Qon tomirlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)