Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Serotonin – baxt gormoni va yaxshi kayfiyatning asosiy homiysi. Stressli vaziyatlarda uning darajasi keskin pasayadi, bu esa xavotirni oshiradi, shuningdek, tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi mahsulotlar yordamida serotonin darajasini oshirish juda oson, ularning beshtasi bilan quyida tanishib chiqing.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Sut mahsulotlari

Kalsiyga boy bo‘lgan sut, ayniqsa iliq sut, haqiqatan ham stressni yengillashtiradi, kayfiyatni barqarorlashtiradi va hatto PMS (podmenstrual sindrom) alomatlarini kamaytiradi. Sut mahsulotlari tarkibidagi minerallar, jumladan magniy, kalsiy, kaliy va fosfor asab tizimining faoliyatini normallashtiradi. Ota-onalar bolaning tanasini biroz tinchlantirish va uni uyquga tayyorlash uchun yotishdan oldin bolalarga bir stakan iliq sut berishlari bejiz emas.

Qora shokolad

Shokoladni faqatgina yomon kayfiyat uchun eng yaxshi davo o‘ylash, to‘g‘ri emas. Bir bo‘lak qora shokolad endorfinlarni chiqaradi va serotonin darajasini oshiradi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shokolad iste’mol qiladigan odamlarda stress gormonlari darajasi boshqalarga qaraganda ancha past. Kuniga ikki bo‘lak qora shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Banan

Bu mevalarda B6 vitamini bilan birgalikda serotonin darajasini oshiradigan triptofan mavjud. Bundan tashqari, banan tarkibidagi yuqori uglevodlar organizmga energiya beradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Shunday qilib, banan uyqusizlik, tashvish va depressiyani davolashda samarali mahsulot hisoblanadi.

Yasmiq

Banan singari, yasmiq ham serotonin ishlab chiqarishga yordam beradigan uglevodlarga boy. Natijada, stress bartaraf etiladi. Ushbu mahsulot, shuningdek, qonda shakar darajasini barqarorlashtiradi, kayfiyat o‘zgarishining oldini oladi. Yasmiq tarkibidagi temir esa tanaga quvvat beradi. Yarim stakan yasmiq garnir sifatida iste’mol qilish yoki sho‘rvalarga qo‘shish tavsiya etiladi. Organizm ushbu mahsulotni hazm qilishini osonlashtirish uchun pishirishdan oldin yasmiqni bir necha soat davomida suvda ivitish tavsiya etiladi.

Baliq

To‘yinmagan yog‘li kislotalar Omega 3-6 asab tizimini rag‘batlantiradi va ularning asosiy manbalaridan biri baliqdir. Bu kortizol va adrenalin darajasini pasaytirishga yordam beradi, shuningdek, vahima hujumlari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, baliq miya va asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan B vitaminlari, yod, fosfor, A va E vitaminlariga boy. Bundan tashqari, baliq tarkibidagi moddalar triptofan ishlab chiqarishni, bu esa o‘z navbatida serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...