Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokiston O‘zbekistonga 40 ming dollarlik go‘shtning birinchi partiyasi (18 tonna) Toshkentga shu hafta yetib keladi. Mart oyida yana 50 ta konteynerda go‘sht (jami 900 tonna) jo‘natilishi kutilmoqda. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pokistonning Shaheen kompaniyasi rahbari Malik Sher Xonning ta’kidlashicha, Pokiston imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilganidan keyin O‘zbekiston bozoriga diqqat bilan qaray boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning oktabrida Senat O‘zbekistonda go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qullagandi. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun tibbiyot normalarga ko‘ra, 1,5 million tonna go‘sht, ya’ni har bir kishi uchun yiliga 42,8 kilogramm go‘sht talab etilishini, 2021-yilda 1,4 million tonna go‘sht ishlab chiqarish rejalashtirilgani, bu 2020-yilga nisbatan 4 foizga ko‘pligini aytgandi.

“Bu miqdor aholi iste’moli talabining 93 foiziga teng. Demak, ehtiyojning qolgan qismi import go‘sht hisobidan qoplanishi kerak”, — degan edi u.

4-mart kuni O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazish imkoniyati borligini ta’kidlab, Transafg‘on temiryo‘lini yanada rivojlantirishga kelishib olgan edi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bir necha yillardan buyon transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish choralarini ko‘rmoqda. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘l qurilishi Pokistonni Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan, O‘zbekistonni Karachi, Gvadar va Qosim portlariga olib chiqadigan eng yaqin, arzon va xavfsiz yo‘lak yaratadi.

Bundan tashqari, 2021-yil noyabr oyida O‘zbekistondan birinchi tranzit yuk Pokistonga yetib borgan edi. Pokiston tomoni buni “hamkorlikning yangi davrining boshlanishi” deb baholagandi. Ko‘p o‘tmay Pokiston O‘zbekistondan yuk tashuvchilar uchun bojxona tartib-taomillarini soddalashtirgan — yuk mashinalari kirish to‘lovi bo‘yicha depozit to‘lamasdan mamlakatga kirishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi