Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Muxlislar o‘zbek primadonnasi Yulduz Usmonovaning bu yilgi konsertini ham orziqib kutishmoqda. Xonanda ham navbatdagi konsertiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani aniq. Keti uzilmayotgan premyeralar ham Yulduz Usmonova ijodidagi yangiliklarning bisyorligidan darak bermoqda. “Daryo” muxbirlari “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning repetitsiya jarayonlaridan reportaj tayyorladi.

Konsert tashkilotchisining ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonova ilk marta konsert bermayotgan bo‘lsa-da, tayyorgarlik jarayonlari har kuni bo‘lib o‘tgani va unda 50 dan ortqi kishi jalb etilganligini ma’lum qildi. Xonanda ishchi xodimlarning ko‘ngildagidek ishlashi uchun ehson dasturxonlarini yozdi. Xonandaning hamkasblari va shogirdlari ham bunday xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Yulduz Usmonovaning yaqin ko‘makchisiga aylangan qiziqchi Halima Ibragimova ham konsertda bosh-qosh.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

— Men bu yerda rejissor yordamchisiman. Mansur Agaliyev esa rejissor. Nasib qilsa, bugun so‘nggi repetitsiya jarayonlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili ham opaning taklifiga ko‘ra, rejissor yordamchisi bo‘lgandim. Mansur Agaliyev chiroq, ovoz, sahna bilan bog‘liq ishlarga mas’ul. Men esa opaning sahnaga chiqishi va raqqosalarning ishtirokiga javob beraman.Yulduz Usmonova boshqalardek konsert berishni istamaydi. Hamma ishga sidqidildan yondashishni yaxshi ko‘radi. Masalan, o‘tgan yili sahna ko‘k rangda bezatilgandi, bu yil esa siyohrangda. Hatto opaning talabiga ko‘ra sahnaning tagi ochilib, chiroq ham joylashtirildi. Yulduz Usmonova uchun xarajat va mehnatning ahamiyati yo‘q, muhimi xalq uchun chiroyli konsert bo‘lishi kerak.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Do‘stlik o‘zi yo‘liga, ammo ishda mas’uliyat bo‘lishi kerak. Baqir-chaqir qilib bo‘lsa-da, ishimni bajaraman. Shu bois opa ham indamaydilar. Konsert arafasida saroydagi barcha pardalar almashtirildi. Buning uchun ozmuncha mato ketgani yo‘q. Agar ularni pulga chaqadigan bo‘lsak, yaxshigina mablag‘ ketgani ayon bo‘ladi. Ammo ko‘rib turganingizdek, sahnadagi chiqishning o‘zi ham odamga boshqacha kayfiyat beryapti.Opaning energiyasiga tan beraman. Repetitsiya, xalq xizmatlaridan ortiq yana ijod qilishga kuch topadi. Tungi soat 3 da qo‘ng‘iroq qilib konsert bilan bog‘liq masalalarni so‘raydi. Uxlasangiz-chi, deb kulaman. Mana hozir ham sahnadagi monitorlar qanday bo‘layotganligini ko‘rish uchun keldi, — deydi qiziqchi Halima Ibragimova.Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliyev jamoaning rahbari hisoblanadi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

— Aslida sahna va zaldagi o‘zgarishlar shart emasdi. Ularsiz ham Yulduz Usmonovaning konserti a’lo o‘tishi aniq. Ammo u o‘zgacha bo‘lishni, atrof ham ijodiy atmosferaga mos bo‘lishini istaydi. Bu borada uni qo‘llab-quvvatlayman.

Konsert biletlari “qora bozor”ga chiqib ketganligi haqida eshitdim. Ammo bunga mening aloqam yo‘q. Biror marta kassaga borib, sotuv qanday bo‘layotganligiga qiziqib ham ko‘rmadim. Bu ishga boshqa shaxslar biriktirilgan. Konsertning xarajati katta, undan daromad olishni maqsad qilmaymiz. Boshqa xonandalar konsertdan ko‘proq pul topishni istasa, Yulduz Usmonova katta xarajat qilib bo‘lsa-da, ko‘ngildagidek konsert berishni istaydi.

Ishonasizmi, raqqosalar boshqa konsertlarda kiygan kiyimlarini bu dasturda kiyishmaydi. Ular uchun maxsus liboslar yaratiladi, undan keyin istagan konsertlarida kiyib yuraverishadi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Mana, ikki kundan beri uyqu yo‘q. Nasib qilsa, bu jarayon yana 16 kun davom etadi.May oyida ham to‘rt kunlik “Nastalgiya” konsert dasturini o‘tkazishni reja qildik. Bu taklif mendan chiqdi. Chunki xorij san’atkorlari, xususan, Tarkan konsertda faqat yangi qo‘shiq aytmaydi. Konsertdagi quloqqa notanish bo‘lgan qo‘shiqni odamlar bir marta eshitganda anglab ololmaydi. Shuning uchun qo‘shiqlarni konsertdan 3-4 oy avval muxlislarga taqdim etishi kerak. Ammo o‘zbek san’atida biroz boshqacha. Martdagi konsertni yakunlab, maydagi dasturga tayyorgarliklarni boshlaymiz. Yoshi katta va xonandaning eski qo‘shiqlarini sog‘ingan insonlar uchun bu yangilik bo‘ladi, — deydi Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliyev.

Eslatib o‘tamiz, xonandaning konsert dasturi 10—25-mart kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi