Rossiya uch yillik chuqur inqirozda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda rossiyalik milliarder Oleg Deripaska aytib o‘tdi.
Biz ilgari hech qachon bunday qiyinchilikka duch kelmaganmiz. Men buni boshqalarga qaraganda yaxshiroq tushunyapman. Temir parda allaqachon tushirilgan. Inqiroz kamida uch yil bo‘ladi — u juda og‘ir va chuqur bo‘ladi, — dedi u.Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni baholash uchun 1998-yildagi inqirozni olib, uni uchga ko‘paytirish kerak. O‘sha yili Rossiyada defolt bo‘lgan edi.
Biz qancha hamkorlarimiz qolganini ko‘rishimiz kerak, menimcha, ularni bir qo‘l barmoqlari bilan hisoblaymiz, — dedi Deripaska.Uning fikricha, inqirozdan chiqishning asosiy va birinchi qadami — “murosaga kelib tinchlikka erishish”. Bu qanchalik tezroq bo‘lsa, Rossiya uchun shuncha yaxshi bo‘ladi.
Avvalroq Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Ukrainadagi vaziyat yuzasidan tergov boshlagani haqida xabar berilgan edi. Jahon banki esa Rossiyadagi dasturlarini to‘xtatdi.