Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga mudofaa uchun zudlik bilan 600 million dollar yordam puli ajratishni buyurdi. Bu haqda Oq uyga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

E’lon qilgan memorandumda “Men davlat kotibiga Ukrainaga zudlik bilan harbiy yordam ko‘rsatish vakolatini topshiraman”, — deyilgan.

Davlat kotibi Ukrainaga beg‘araz maqsadda 250 million dollar ajratish AQSh manfaatlariga to‘g‘ri kelish-kelmasligi bo‘yicha xulosa chiqarishi kerak. Baydenning aytishicha, yana 350 million dollar Pentagonga mudofaa tovarlari va xizmatlari, shuningdek, harbiy ta’lim va tayyorgarlik uchun ajratilishi kerak.

Avvalroq AQSh prezidenti administratsiyasi Kongressdan Ukraina inqirozini tartibga solish bilan bog‘liq harakatlar uchun 6,4 milliard dollar ajratishni so‘ragan edi. 2022-yilda AQSh Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam sifatida 650 million dollar va gumanitar yordam maqsadida 52 million dollar ajratgan. Mamlakat 2014-yildan buyon AQShdan umumiy qiymati 2,7 milliard dollarga teng yordam olgan.

Bundan oldin Yevrokomissiya Ukrainaga 1,2 milliard yevro ajratishni ma’qullagan, shuningdek yanvar boshida AQSh administratsiyasi Ukrainaga qo‘shimcha 200 million dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni 2021-yil dekabrida ma’qullagani, 2022-yil 1-fevralda esa AQShdan yana 84 tonna harbiy yordam Ukrainaga yetkazib berilgani xabar qilingan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Mirobodda eng qimmat: Toshkentda noyabr oyi uchun uylar narxi tahlil qilindi
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi