Daryo

Ukrainaga AQShdan yana 84 tonna harbiy yordam yetkazib berildi

Bu Amerika harbiy yordamining beshinchi partiyasi

1 daqiqa o‘qish76 872 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Bortida AQShning 84 tonna harbiy yordami bo‘lgan beshinchi samolyot Kiyevga yetib keldi, yaqin kunlarda yana bir samolyotning kelishi kutilmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ma’lum qildi.

Foto: Reuters

28-yanvar kuni Kiyevga AQSh harbiy yordamining to‘rtinchi partiyasi yetkazilgandi.

“Beshinchi qushcha Kivevda! Yana 84 tonna turli xildagi kalibrli o‘q-dorilar! Yaqin kunlarda amerikalik do‘stlarimizdan mudofaa qurollarining yana bir partiyasini kutyapmiz!” – deb yozgan vazir Facebook’da.

Yanvar oyining ikkinchi yarmida AQSh va Buyuk Britaniyaning yuk tashuvchi samolyotlari qurol va harbiy texnika yetkazib berish uchun Ukrainaga 15 ga yaqin parvozni amalga oshirdi.

Avval AQSh Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari uchun qo‘shimcha 200 million dollarlik yordam ajratgan edi. AQSh tomonidan 2021-yilda Ukrainaga jami 650 million dollarlik harbiy yordam ko‘rsatilgan. 2014-yildan buyon esa Ukraina 2,7 milliard dollarlik yordam olgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar