• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urush kaliti: DXR va LXR nima uchun, qachon va qanday tashkil topdi?

    1945-yildan beri jahonda o‘z chegaralarini qo‘shnilari hisobiga kengaytirish umuman kuzatilmayotgan edi. XXI asrda mamlakatlar uchun qo‘shnisi emas, terrorizm asosiy xavfga aylandi. Biroq bugun butun dunyo Rossiya Federatsiyasining qo‘shni va qardosh davlat — Ukrainaga bosqinchilik hujumi uyushtirаyotganiga guvoh bo‘lmoqda. Ushbu dahshatli urushga sabab bo‘lgan, urush kaliti (bahonasi)ga aylangan Donetsk va Lugansk ayirmachiligi qanday paydo bo‘lgandi? Nega aynan ushbu ikki viloyat Ukrainadan ajralishni istadi? “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov shu haqida batafsil ma’lumot beradi.

    Foto: “rusdozor.ru”

    2014-yil fevraldagi Yevromaydon inqilobidan keyin aprel oyida mamlakat sharqidagi, rusiyzabonlar ko‘pchilikni tashkil qiluvchi Donetsk va Lugansk viloyatlari o‘zlarining Ukrainadan ajralib chiqqanini, alohida respublika tuzilganini e’lon qildi. Dastlab ko‘pchilik buni jiddiy qabul qilmadi. Donetsk va Lugansk aholisi ham o‘zlarning yangi rahbarlarini yaxshi tanimas edi. Keyinroq viloyat aholisi ham separatizmni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Aprel oyida qurolli separatistlar Donetskdagi mahalliy hukumat binolariga hujum qilganda, olomon ham ularga hamrohlik qildi.

    Shundan so‘ng Ukraina armiyasi ayirmachilarga qarshi hujumga o‘tdi va ularni chekinishga majbur qildi. Biroq tez orada Donetsk va Luganskdagi rusiyzabonlarni himoya qilish bahonasi bilan vaziyatga Rossiya aralashdi, separatistlarga qurol-yarog‘ va harbiy instruktorlar yetkazib bera boshladi. Natijada Ukraina armiyasi Donetsk va Lugansk viloyatlarining Rossiya chegarasiga tutash qismida ayirmachilarni mag‘lub eta olmadi. Viloyatlarning ma’muriy markazlari separatistlar qo‘lida qoldi.

    Nega Donetsk va Lugansk aholisi Ukrainadan ajralib chiqishni ma’qul ko‘rdi? Buning asosiy sabablari nima edi?

    Noteng taqsimot

    Donbass SSSR davridan buyon sanoat mintaqasi bo‘lib kelgan. Yirik tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik Donbassni Ukrainaning sanoat yuragiga aylantirdi. Viloyat sanoati davlat budjetiga ulkan daromad keltirardi. Ayni paytda donbassliklar markaziy hukumat ulardan eng ko‘p foyda olishini, ammo hudud infratuzilmasiga kam mablag‘ yo‘naltirishni ta’kidlab kelar edi. Donetsk va Lugansk Ukrainaning aholi eng zich joylashgan viloyatlaridan ham bo‘lib, ikkala viloyatda olti-yetti million inson yashardi.

    2014-yilgi Maydon voqealari donbassliklarning budjet taqsimoti borasidagi noroziliklarini yanada oshirdi. Bir necha oy davom etgan tartibsizlar sabab ko‘plab zavod ishchilari maoshsiz qoldi. Hudud aholisi “Maydondagi insonlar ishsizlik va boshqa nafaqalarni olishyapti, ammo biz quruq o‘tiribmiz” deya o‘z noroziligini bildirdi. Xususan, o‘sha paytda markazdagi tartibsizliklar va ishdan to‘xtamayotgan donbassliklar haqida “Kiyev maydanaet, Donbass rabotaet” (kiyevliklar Maydon-namoyish o‘tkazadi, donbassliklar esa ishlaydi) kabi iboralar ham paydo bo‘ldi. Noteng taqsimot haqidagi qarashlar donbassliklarni asta-sekin mamlakatning qolgan qismidan uzoqlashtira boshladi.

    2014-yildagi Maydon inqilobi

    2014-yildagi Maydon inqilobi
    Foto: Kommersant

    Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining Bojxona ittifoqi va Yevropa ittifoqi

    Yanukovich prezidentlik lavozimini egallagach (2010-yil) Ukraina Rossiya va Belarus o‘rtasida tuzilgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining Bojxona ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha harakat olib boradi. Bu ittifoq postsovet mamlakatlari o‘rtasidagi bojxona to‘siqlarini yengillashtirishni ko‘zda tutardi. Biroq Ukraina rahbariyati mamlakatning Yevropa ittifoqi tomon yaqinlashishini birinchi o‘ringa qo‘yadi va Bojxona ittifoqiga qo‘shilishni rad etadi.

    Aynan Yevropa va Bojxona ittifoqiga qo‘shilish masalasida ham Donetsk va Lugansk aholisi boshqalarga qaraganda o‘zgacha fikr yuritdi. Bojxona ittifoqi Ukraina va sobiq sovet davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini saqlab qolar, bu esa donbassliklarga ish o‘rinlarini yo‘qotmaslik, zavodlarning doimiy daromadga ega bo‘lishiga yo‘l ochar edi. Yevropa ittifoqiga kirish esa Donbass hayotida muhim bo‘lgan mashinasozlik, metallurgiya va tog‘-kon sanoati mahsulotlari sotuvini kamaytirishi mumkin edi. Chunki ukrain zavodlari Yevropa bozori bilan raqobat qila olmasdi.

    Shuningdek, Rossiya bilan aloqalar yomonlashuvi manzarasida Donbassdagi korxonalar buyurtmasiz qolib, ba’zilari yopildi va bu donbassliklarning Kiyev muxolifiga aylanishini kuchaytirdi.

    Mamlakatni butunlay Yevropa tomon burilishini belgilab bergan Yevromaydon voqealari esa donbassliklar noroziligini yanada oshirdi.

    “Berkut”

    2013-yil noyabrda boshlangan Maydon voqealari kuchaya boshlagach, amaldagi prezident Viktor Yanukovich miting va namoyishlarni bostirishda uyushgan jinoyatchilik, tartibsizlarga qarshi kurashish uchun 1990-yil tuzilgan “Berkut” maxsus guruhidan foydalandi. Guruh Maydon voqealarida prezidentning asosiy himoya kuchi bo‘ldi va namoyishlarni bostirish chog‘ida ko‘plab zo‘ravonliklarga qo‘l urdi.

    Prezident administratsiyasini qo‘riqlayotgan “Berkut” maxsus guruhi askarlari. 2014-yil

    Prezident administratsiyasini qo‘riqlayotgan “Berkut” maxsus guruhi askarlari. 2014-yil
    Foto: Kharkiv Today

    Biroq Yanukovich rejimi qulab, Maydon namoyishchilari g‘alaba qozongach, ukrain aholisi ko‘z o‘ngida “Berkut” shafqatsiz jinoyatchilar sifatida gavdalandi va yangi hukumat guruhni tarqatib yubordi.

    Ko‘pchilik a’zolari Donbass va qrimlik bo‘lgan bu guruh faoliyatiga qarashlar Donetsk va Luganskda boshqacha bo‘ldi. Donbassliklar guruh o‘z xizmat vazifasini bajarganini ta’kidladi. Xususan, donbasslik sobiq “Berkut” a’zosi Maydon voqealaridan so‘ng quyidagicha fikr bildirdi: “Bizda oldin mamlakatimiz bor edi, endi esa u yo‘q. Butun Ukraina uchun sharq hech nimani anglatmaydi. Biz fuqaromizmi yoki yo‘q? Ular o‘z vatandoshlariga (g‘arbiy ukrainlar nazarda tutilyapti) mehr ko‘rsatishdi. Ular qahramonlar, biz esa budjet uchun ishlaydigan mehnatkash chorvaga aylandik”.

    Ultramillatchilik

    Ukrainada ultramillatchilik 2004-yilgi “To‘q sariq (yoxud Zarg‘aldoq) inqilob”dan so‘ng kuchaydi. O‘shanda Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan, sobiq Donetsk gubernatori Viktor Yanukovichga qarshi norozilik aksiyalari boshlanib ketdi. Namoyishchilar ovozlar soxtalashtirilganini iddao qiladi va natijalar bekor qilinib, saylov qayta o‘tkaziladi. Qayta saylovlarda esa Yanukovich mag‘lubiyatga uchradi. Uning partiyasi “Partiya regionov” bunga javoban sharqiy viloyatlarning davlatdan ajralib chiqishi bilan tahdid qildi. Ammo bu amalga oshmadi.

    2010-yilgi saylovlarda Viktor Yanukovich g‘olib chiqdi va sharqiy viloyatlar aholisi biroz xotirjam bo‘ldi.

    2014-yilda esa vaziyat keskin o‘zgardi. Yanukovich rejimi Maydon inqilobi natijasida quladi va uning o‘zi Rossiyaga qochib ketdi. Inqilob g‘alabasida muhim rol o‘ynagan “O‘ng sektor” va “Svoboda” kabi ultramillatchi siyosiy harakatlar etnik ruslarni mamlakat muammolarining sababchisi sifatida ko‘rsata boshladi. Hukumat inqilobda asosiy vazifani bajargan ushbu tashkilotlarning ksenofobik nutqlarini tanqid qilmadi yoki qila olmadi.

    Mamlakatda boshlangan milliy harakatlar Donbass aholisi tomonidan salbiy kutib olindi va ulardagi norozilik kayfiyatini yakuniy nuqtaga olib chiqdi.

    Til to‘g‘risidagi qaror

    Nihoyat 2014-yilgi yangi hukumatning mamlakatda til to‘g‘risidagi qonunni bekor qilishga urinishi ham ayirmachilik harakatlari boshlanishida katta rol o‘ynadi. 2012-yil qabul qilingan til to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, har bir hududda aholining o‘n foizdan ko‘prog‘i muloqot qiluvchi til hududiy til deb tan olinishi belgilangan edi. Hududiy tilga qator imtiyozlar berildi, xususan, mahalliy davlat va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ta’lim, televideniye va boshqa sohalarda hududiy tildan foydalanish, ish yuritish mumkin bo‘ldi.

    Maydon inqilobidan so‘ng esa Oliy Rada ushbu qonunni bekor qilish uchun ovoz berdi va tegishli qonunni qabul qildi. Biroq vaqtincha prezident Aleksandr Turchinov yangi til to‘g‘risidagi qonun tayyor bo‘lmasdan turib, bu qonunni imzolash mumkin emasligini aytdi va uni imzolashdan bosh tortdi. Oliy Rada qarori bekor qilindi va 2012-yilgi qonun o‘z kuchida qoldi.

    Ukraina Respublikasining til xaritasi

    Ukraina Respublikasining til xaritasi
    Foto: Pinterest

    Shunday bo‘lsa ham Oliy Radaning bunday harakati nafaqat Donetsk va Luganskda, balki Qrim va janubi-sharqiy viloyatlarda ham keskin qabul qilindi. Rossiya bilan chegaradagi Donetsk va Lugansk esa Moskva ta’sirida Kiyev bilan aloqalarni uzishga qaror qildi. Rossiya qo‘llab-quvvatlovi ostida 2014-yil aprel oyida Donetsk va Lugansk viloyatlarida ayirmachilar hukumat binolarini egallashni boshlab yubordi.

    Lekin shu davrda o‘tkazilgan so‘rovnomalar hudud aholisi orasida rusparastlik kayfiyati kuchli bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Ularga ko‘ra, yigirma foizga yaqin inson mustaqillik va viloyatlarga rus qo‘shinlari kirishini yoqlagan bo‘lsa, taxminan, shuncha donbasslik Kiyev uchun kurashishga tayyor bo‘lgan. Qolganlar betaraflik va har qanday holatda ham urushga qarshi pozitsiyani egallagan.

    Mamlakatda davom etayotgan tartibsizliklar fonida viloyatlardagi hukumat kuchlari ayirmachilarga qarshilik qila olmadi. Asosiy ma’muriy binolar egallangach, ayirmachilar o‘zlarini mustaqil Donetsk va Lugansk “Xalq Respublikalari” deb e’lon qildi. Shu oyning o‘zidayoq Ukraina armiyasi hamda DXR va LXR xalq militsiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Sentabrgacha davom etgan bu urushda Ukraina ikki viloyatning katta qismini qaytarib olishga erishdi, biroq DXR va LXR qarshi hujumga o‘tib, hukumat kuchlarini chekinishga majbur qildi. Rossiya rusiyzabon aholi himoyasi bahonasi ostida ayirmachi respublikalarni qo‘llab-quvvatladi.

    Ayirmachi Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari

    Ayirmachi Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari
    Foto: Google Images

    Sentabrda Belarus Respublikasi poytaxti Minskda “Normand to‘rtligi”: Ukraina, Rossiya, Fransiya va Germaniya vakillari ishtirokida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Yakunda Minsk kelishuvlari imzolanib, “Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim hududlarida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Tomonlar o‘t ochishni to‘xtatdi.

    Oliy Rada Minsk kelishuvlari doirasida Donbassning alohida maqomi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi va hududga qator erkinliklarni berdi. Biroq DXR va LXR tomoni qonunning arzimagan qismini nomaqbul deb topdi hamda buni ratifikatsiya qilmadi. 2015-yilda vaziyat yana keskinlashgach, “Normand to‘rtligi” Minskda qayta yig‘ildi. Davlat rahbarlari front chizig‘idan og‘ir artilleriya qurollarini olib ketish, asirlar almashinuvi va o‘t o‘chishni to‘xtatishga kelishib oldi. Ikki yil ichida Ukraina sharqidagi harbiy to‘qnashuvlar tufayli olti mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, jarohatlanganlar soni esa o‘n besh mingdan ko‘proq edi. Millionlab insonlar urush sabab o‘z uylarini tark etib, ko‘chib ketdi.

    24-fevral kuni rus qo‘shinlarining DXR va LXR hududidan hujumga o‘tishi

    24-fevral kuni rus qo‘shinlarining DXR va LXR hududidan hujumga o‘tishi
    Foto: Washington Post

    DXR va LXR hamda Ukraina o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etdi. DXR va LXR mustaqilligini dunyoda hech qaysi davlat tan olmadi, hatto 2022-yilga qadar Rossiya ham. Bu yerlar xalqaro doirada rasman Ukrainaning bir qismi deb qaralsa-da, aslida Moskva nazorati ostida edi. DXR va LXRda ta’lim rus tiliga o‘tkazildi, rus pul birligidan foydalanildi. 2019-yildan esa hudud aholisiga Rossiya pasportlarini berish boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, DXR va LXRning sakkiz yuz mingga yaqin aholisi Rossiya fuqaroligiga ega. Biroq bu umumiy aholining 20—30 foizni tashkil qiladi, xolos. Rossiya esa aynan mana shu fuqarolarni himoya qilish uchun Ukraina bilan urushga ham tayyor ekanini ta’kidladi.

    2022-yil 22-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR mustaqilligini tan olish haqida qonunni imzoladi. 24-fevral kuni ushbu ayirmachi hududlarni himoya qilish uchun Rossiya qo‘shinlari ichkariga kiritildi va rus harbiylari Donbassdagi ukrain pozitsiyalarini o‘qqa tutishni boshladi. Rossiya nafaqat DXR va LXR chegarasida, balki butun Ukraina bo‘ylab hujumlarni amalga oshirdi. Vladimir Putin boshliq rus hukumati Ukraina oldiga Qrim, DXR va LXR mustaqilligini tan olish bo‘yicha ultimatum qo‘ydi, ammo Kiyev buni rad etdi.

    Hozirda butun Ukraina bo‘ylab jang harakatlari davom etmoqda.

    25.02.2022, 20:37   Izoh (0)   124309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.