• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    “Xitoyda birinchi, dunyoda ikkinchi” — O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘lgan BYD kompaniyasi haqida nimalar ma’lum?

    Avvalroq UzAuto Motors Xitoyning elektromobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi BYD Auto Industry kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishgani haqida xabar berilgan edi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqaruvchi birinchi korxona qurilishi, shuningdek, savdo tarmog‘i va xizmat ko‘rsatish markazlari paydo bo‘lishi mumkin.

    Bu o‘zi qanday kompaniya?

    BYD — elektrotransportlar ishlab chiqarilishi bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya nomi Build Your Dream (“O‘z orzungni yarat”) qisqartmasidan kelib chiqqan.

    Kompaniya o‘z faoliyatini 1995-yilda mobil telefonlar uchun akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish bilan boshlagan.

    BYD 2002-yili Tsinchuan Automobile Co Ltd.ni sotib olganidan so‘ng avtomobillar bilan shug‘ullanishni boshlagan. Birinchi shaxsiy ishlanma F3 modeli bo‘lgan edi.

     

    2008-yili kompaniya to‘laqonli F3DM gibrid avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi. Xuddi o‘sha davrlarda dunyoning eng muvaffaqiyatli investorlaridan biri bo‘lmish Uorren Baffet kompaniyaga sarmoya kiritgan edi.

    2010-yillarda BYD elektr transportlar sohasida dunyoning yetakchi brendiga aylanish rejasini e’lon qildi. 2016-yili esa kompaniya yiliga 500 000 dan ortiq avtomobil chiqara boshladi.

    Foto: Quartz

    Foto: Quartz

    Hozirgi kunda BYD NEV avtomobillar (elektr tarmog‘idan quvvat oluvchi akkumulyator batareyasiga ega har qanday avtomobil) ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

    Kompaniya zavodida oddiy yengil avtomobillardan tortib to premium darajadagi furgonlar, yuk mashinalari va avtobuslar kabi turli elektr transportlarning 50 dan ortiq modeli ishlab chiqariladi.

    BYD avtomobillari qancha turadi va qayerda sotiladi?

    BYD avtomobillari O‘zbekistonda 2020-yildan buyon sotiladi. Avtomobillar bu yerga avtosalonlar tomonidan keltirilib, Xitoydan yetkazib berish xizmatlari vositachi va boshqa kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.

    E’lonlar saytida 100 ga yaqin takliflar bilan tanishib chiqish mumkin. Narxlar model, komplektatsiyalar va ishlab chiqarilgan yiliga qarab 20 000 dan 80 000 dollargacha belgilanadi.

     

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    BYD ning asosiy bozori Xitoy davlati bo‘lib, u yerda kompaniya mahalliy Nio va SAIC, xalqaro VW va Tesla korxonalari bilan raqobatlashadi. Kompaniya avtomobillarini Qozog‘iston, Ukraina, Rossiya mamlakatlarida ham sotib olish mumkin, biroq, ular avval foydalanilgan mashinalardir. Kompaniya, shuningdek, Yevropa, AQSh va Janubi-Sharqiy bozorlarga ham faol kirib bormoqda.

     

     

    Yaqinda BYD jahon bozorlari uchun ishlab chiqilgan Yuan Plus modelini taqdim etdi. Xitoyda uning narxi 141 800 dan – 159 800 yuangacha (22 400 – 25 500 dollar) bo‘layotgan vaqtda, O‘zbekistonda uni 28 700 dollarga taklif qilishmoqda. Mazkur model Avstraliyada Atto 3 nomi bilan sotuvga chiqarilib, 44 381 Avstraliya dollariga (taxminan, 31 000 AQSh dollari) baholanmoqda. Yaqin kunlarda Singapurda ham sotuvga chiqarish ishlari rejalashtirilgan.

    BYD Xitoydan boshqa mamlakatlarda ham avtomobil ishlab chiqarganmi? O‘zbekistonda nima bo‘ladi?

    Ha. Geografik jihatdan yaqin misol Rossiya davlati bo‘lib, bu yerda F3 avtomobilining yig‘uvi 2010-yilda “TagAZ” zavodida yo‘lga qo‘yilgan. Nisbatan barqaror talabga qaramay, bir yil o‘tib kompaniya bozordan chiqib ketgan. 

    O‘zbekistonga kelsak, BYD va UzAuto Motors hozircha strategik hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.

    Tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir necha masalalarni o‘rganib chiqishga kelishib olishdi. Natijalar keyinroq ma’lum bo‘ladi.

    BYD bilan hamkorlik elektromobil sohasini rivojlantirish strategiyasiga mos keladi. Kelajakda O‘zbekiston faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘z e’tiborini qaratishi mumkin bo‘lib, bu ekologiya va iqtisodiyotga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi kutilmoqda.

     

    Biroq boshqa fikrlar ham o‘rtaga tashlanmoqda. Bloger Otabek Bakirov hamkorlikda elektromobillarni ishlab chiqarish unda ko‘proq xavotir uyg‘otayotganini ta’kidlaydi.

    Uning fikriga ko‘ra, Daewoo va Chevrolet bilan bo‘lgan holat takrorlanishi – O‘zbekistonda eskirgan modellarning ishlab chiqarilishi, proktesionizm orqali xaridorlardan tanlov erkinligini tortib olish yana kuzatilishi mumkin.

    Hozirda elektromobillarni olib kirish bojxona boji to‘lovlaridan ozod etilgan, biroq birinchi avtomobil chiqishi bilan import avtomobillarga joriy qilingan “ajdarhocha bojlar va cheklovlar” bizni ko‘p kuttirmaydi, deydi Bakirov.

    U, shuningdek, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng elektromobillar bahosi xorijdagidan ko‘ra qimmatroq bo‘lishini taxmin qilmoqda.

    BYD kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, UzAuto Motors bilan hamkorlik NEV’ni Markaziy Osiyo va undan tashqarida rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa iqlim o‘zgarishi muammolariga yechim topishdagi kam uglerodli iqtisodiyotni targ‘ib qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    22.02.2022, 21:09   Izoh (0)   4672
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatidagi chorvachilik xo‘jaligi 62 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    22.02.2022, 19:22

    “O‘tgan yili 2, bu yil 4216” — UzAuto Motors 2022-yilni qanday boshladi?

    21.02.2022, 18:12

    Davlat soliq qo‘mitasi elektron-savdo va tenderlarda ishtirok etish huquqini belgilovchi tartib ishlab chiqadi

    21.02.2022, 17:16

    3 mingdan 8 million so‘mgacha. O‘zbekistonda ayrim gazetalarning moliyaviy hisoboti ma’lum bo‘ldi

    21.02.2022, 15:57

    Toshkentda MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan hovli 2,7 mlrd so‘mga sotildi

    21.02.2022, 14:54

    “O‘zsanoatqurilishbank”ning bir qator aktivlari sotiladi

    19.02.2022, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.