Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning og‘ir vazn toifasida (+91 kg) WBC yo‘nalishida majburiy da’vogar Dillian Uayt (28-2, 19 KO) va WBC chempioni Tayson Fyuri (31-0-1, 22 KO) o‘rtasida jang bo‘lishi tasdiqlandi. Dillian jang shartnomasiga qo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Sky Sports”

Foto: “Sky Sports”

“Ular jangni qayerda o‘tkazishini, qachon o‘tkazishini menga farqi yo‘q. Uzoq vaqt davomida Fyuri bilan uchrashishga urinib keldim.

U bilan jang qilishga har doim tayyor bo‘lganman. Shunchaki Tayson bilan jahon chempionligi unvoni uchun hozir jang qilishni xohlayman”, — deydi da’vogar Uayt.

Sky Sports xabariga ko‘ra Uayt va Tayson o‘rtasidagi chempionlik jangi 23-aprel sanasida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri bundan avvalgi jangini 2021-yil oktabr oyida amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazib, 11-raundda raqibini nokautga uchratgan edi.

Dillian Uayt so‘nggi jangini 2021-yil mart oyida Aleksandr Povetkinga qarshi o‘tkazgan va 4-raundda rossiyalik raqibini dahshatli nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov