• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgach, bunga dunyo qanday munosabat bildirdi?

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni rossiyaliklarga qariyb bir soat davomida murojaat yo‘llaganidan so‘ng Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Tegishli farmonlar, shuningdek, DXR va LXR bilan do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalar jonli efir vaqtida imzolandi. 22-fevral kuni Davlat Dumasi hujjatlarni ratifikatsiya qiladi, keyinroq esa ratifikatsiya haqidagi qonun loyihasi Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

    Aksariyat xorijiy yetakchilar Putinning DXR va LXRni tan olish qaroriga keskin salbiy munosabat bildirdi, ammo, aftidan Rossiya Ukrainaga hujum qilgan taqdirda ham G‘arbning unga atab qo‘ygan og‘ir sanksiyalariga chap beradiganga o‘xshaydi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    AQSh, Kanada va Britaniyaning munosabati

    AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Rossiyaning DXR va LXRni tan olish qarorini “qat’iy qoraladi”. Amerika rahbari allaqachon DXR va LXRda savdo va investitsiyalarga qarshi sanksiyalar, shuningdek, Donbass respublikalari bilan aloqador shaxslarning mulkini bloklash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Rossiya Ukrainaga hujum qilgan taqdirda, unga qarshi AQSh tayyorlab qo‘ygan chora-tadbirlar paketi hali faollashtirilmagan.

    Kanada ham Rossiyaning Donbass respublikalarini tan olganini “qat’iy qoralamoqda” va sanksiyalar joriy etish niyatida. “Xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq mensimaslikka Kanada o‘z hamkorlari va ittifoqchilari bilan keskin javob qaytaradi. Biz bu harakatlar uchun iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashga tayyorlanyapmiz, bu Rossiyaning Ukrainaga keyingi har qanday harbiy aralashuviga javoban tayyorlangan sanksiyalardan alohida bo‘ladi” , — deb yozdi Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli Twitter’da.

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaning Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini “achchiq alomat” va “xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishi” deb atadi. “Bu Ukraina suvereniteti va yaxlitligini qo‘pol ravishda buzishdir”, — dedi Britaniya bosh vaziri. Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Putinning qarori “Minsk kelishuvlari va jarayonni amalga oshirib bo‘lmaydigan qilib qo‘ydi”. 22-fevral kuni London DXR va LXRning tan olinishiga javoban Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi. Britaniya OAVlarining yozishicha, hozircha gap Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan tayyorlangan qat’iy chora-tadbirlar to‘plami haqida ketayotgani yo‘q.

    Fransiya, Germaniya va Polshaning munosabati

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyaning DXR va LXRni tan olishini qoraladi va “maqsadli Yevropa sanksiyalari”ni joriy etishga chaqirdi. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish tarafdori ekanini aytdi. Parijga ko‘ra, LXR/DXRning tan olinishi “Rossiya tomonidan xalqaro majburiyatlarni va Ukraina suverenitetini buzish” bo‘ldi.

    Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok Rossiyaning Donbass respublikalarini tan olishini Ukraina suvereniteti va “xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish” hamda “muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarga og‘ir zarba” deb atadi. U Rossiyaning o‘z qarorini bekor qilishga chaqirib, Germaniya va xalqaro hamkorlar “xalqaro huquqning bunday buzilishiga munosabat bildirishi” haqida ogohlantirdi.

    Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Rossiya prezidentining DXR va LXR mustaqilligi haqidagi qarorini “Ukrainaga qarshi tajovuzkorlik harakati”, “muloqotni uzil-kesil rad etish va xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish” deb atadi. U Yevropa Kengashi yig‘ilishini o‘tkazish va “zudlik bilan sanksiyalar” yordamida javob berishga chaqirdi.

    Xitoy, Moldova, Finlyandiya, Ruminiya, Gruziya va Qozog‘istonning munosabati

    Xitoy Ukraina muammosini diplomatik vositalar orqali, mavjud xavotirlarni hisobga olgan holda hal qilishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarni olqishlaydi va tomonlarni vaziyatning keskinlashuviga olib keladigan harakatlardan tiyilishga chaqiradi, dedi Xitoy elchisi Chjan Szyun BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.

    Moldova prezidenti Mayya Sandu Rossiyaning Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olganini qoraladi. “Buning xalqaro huquqqa zidligi kundek ravshan. Moldova Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga qat’iy sodiq qoladi”, — deb yozgan Sandu Twitter’da.

    Finlyandiya ham ushbu harakatni qoraladi. “Finlyandiya Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzuvchi bir tomonlama harakatni qoralaydi. Ukraina sharqidagi ayrimachi hududlarning tan olinishi Minsk kelishuvlarini jiddiy buzishdir”, — dedi prezident Sauli Niinistyo o‘z bayonotida.Uning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya Yevropa Ittifoqining “jamoaviy javobi”ga qo‘shiladi.

    Ruminiya prezidenti Klaus Yohannis DXR/LXRning tan olinishiga quyidagi tvit bilan munosabat bildirdi: “Ruminiya Rossiyaning Ukraina tarkibidagi Donetsk va Lugansk viloyatlarini mustaqil deb tan olishini keskin qoralaydi. Bu xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishi bo‘lib, xalqaro hamjamiyatning eng qattiq munosabatiga sabab bo‘lishi kerak. Biz Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz”.

    Gruziya ham Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi va LXR/DXRni tan olish qarorini qoralaydi, deya ma’lum qildi Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili. “Gruziya Rossiyaning Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarini “tan olishini” keskin qoralaydi, bu Rossiyaning bizga tegishli hududning 20 foizini bosib olishiga olib kelgan ssenariyning takrorlanishidir”, — deb yozdi Zurabishvili Twitter’dagi sahifasida.

    Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tlovberdi Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olish ehtimolini rad etdi. “Sizni ishontirib aytishim kerakki, Qozog‘iston tomonidan Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olish haqida gap yo‘q. Biz xalqaro huquq asoslaridan va BMT Nizomining asosiy tamoyillaridan kelib chiqamiz”, — dedi u jurnalistlar bilan suhbatda va Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi yaqin soatlarda davlatning rasmiy pozitsiyasini ishlab chiqishini aytdi.

    Rossiya qarorini kimlar qo‘llab-quvvatladi?

    O‘zlari qisman tan olingan davlatlar bo‘lgan Janubiy Osetiya va Abxaziya Rossiyaning LXR va DXR bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilov Moskvaning Donetsk va Lugansk xalq respublikalari suverenitetini tan olishini “kutilgan, asosli va o‘zini oqlagan qaror” deb atadi. Abxaziya rahbari Aslan Bjaniyaning aytishicha, Putinning qarori “odil, geosiyosiy voqelikni adekvat baholashga asoslangan hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga mos keladi”.

    Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar Rossiyaning DXR va LXR suverenitetini tan olishini qoraladi.

    Yevropa Ittifoqi DXR va LXRning tan olinishini xalqaro huquqning buzilishi deb hisoblamoqda va bunga qat’iy javob berish niyatida.

    “Ukrainadagi ikki ayirmachi hududning tan olinishi xalqaro huquqni, Ukraina hududiy yaxlitligini va Minsk kelishuvlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi”, — deb yozdi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen Twitter’da.

    Xuddi shu mazmundagi matnni Yevropa Kengashi rahbari Charlz Mishel ham Twitter’da e’lon qilgan. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning DXR va LXRni tan olish qaroridan xavotir bildirdi.

    “Bosh kotib Rossiyaning qarorini Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzish deb hisoblaydi”, — dedi BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik. Uning so‘zlariga ko‘ra, Guterrish bu harakat “BMT Nizomi tamoyillariga zid” ekanini ta’kidlagan

    U Ukraina atrofidagi vaziyatni Minsk kelishuvlariga muvofiq tinch yo‘l bilan tartibga solishga chaqirdi va “vaziyatga aloqador barcha tomonlar jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarga e’tibor qaratishlari kerak”, — deb ta’kidladi.

    YeXHTning amaldagi raisi va Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Putinning qarorini qoralab, Rossiya Federatsiyasini Ukrainaga harbiy bosqindan tiyilishga chaqirdi.

    “Prezident Putinning qaroriga kelsak, biz Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasidagi hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz. Rossiyani ushbu ayanchli qarorning ijrosini ta’minlash uchun har qanday harbiy aralashuvdan tiyilishga va xalqaro munosabatlarga uzoq muddatli oqibatlarini ko‘rib chiqishga chaqiramiz”, — deydi u.

    YeXHTning Ukraina va Uch tomonlama aloqa guruhi bo‘yicha maxsus vakili, elchi Mikko Kinnunen “bugungi qaror yangi jangovar harakatlar va qon to‘kilishiga olib kelmasligi” muhimligini ta’kidladi. U vaziyatni TCG formatida (Ukraina bo‘yicha uch tomonlama aloqa guruhi) tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga haliyam tayyor ekanini qo‘shimcha qilib, “diplomatiya va muzokaralarning muqobili yo‘q” ekanini ta’kidladi.

    Yevropa Kengashi parlament assambleyasi prezidenti Tini Koks Rossiyani DXR va LXRni tan olish qarorini bekor qilishga va kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi.

    NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham Rossiyaning qarorini qoraladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror “Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazadi, mojaroni hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni yo‘qqa chiqaradi va Minsk kelishuvlarini buzadi”. Stoltenberg Rossiyani “diplomatiya yo‘lini tanlashga” va “xalqaro majburiyatlariga muvofiq Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga” chaqirdi.

    22.02.2022, 11:48   Izoh (0)   38561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning DXR va LXRni tan olish qarorini qaysi davlatlar qo‘llab-quvvatladi?

    22.02.2022, 11:10

    Putin rossiyalik harbiylarga DXR va LXRda tinchlikni ta’minlashni buyurdi

    22.02.2022, 09:30

    “Hozir 2014-yilning fevrali emas, 2022-yilning fevrali. Bizda boshqa davlat, boshqa armiya bor”. Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarga murojaat qildi 

    22.02.2022, 09:22

    Bayden Donetsk va Luganskka qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

    22.02.2022, 08:44

    Putin Ukraina masalasida Rossiya xalqiga murojaat yo‘lladi. Murojaatdan keyin Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan oldi

    22.02.2022, 01:30

    BMT Donbassdagi barcha tomonlardan qaltis harakatlardan tiyilishni so‘radi

    22.02.2022, 00:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.