• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ko‘p qavatli uy-joylar, issiqlik ta’minoti, mahallalarni obodonlashtirishga oid loyihalar bilan tanishdi

    Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hamda geologiya sohasi va kimyo sanoatidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, kommunal xizmatlar millionlab aholi turmushiga daxldor masala. Ilgari ko‘p qavatli uylarga xizmatni faqat mulkdorlar shirkati ko‘rsatar, texnika va mutaxassislar yetishmasligi sababli uning sifati past bo‘lgan. Bugungi kunda esa boshqa boshqarish shakllari ham joriy qilingan.

    2020-yilda tajriba tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 110 ta ko‘p qavatli uy qonunchilikda belgilangan tartibda boshqaruv kompaniyalariga berilgan. Bu tajriba 2021-yilda barcha viloyat markazlari, Chirchiq va Angren shaharlarida davom ettirilib, 15 ta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

    Masalan, Navoiy shahridagi 116 ta ko‘p qavatli uyga bitta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, muddati o‘tgan qarzdorlik 2 baravar qisqargan. Bu kompaniya 34 turdagi maxsus texnika olib, aholi va tadbirkorlarga 20 dan ortiq yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan.

    Davlat rahbari bu tizimni kengaytirishni rag‘batlantirish kerakligini, yil yakunigacha boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatishni Toshkent shahrining barcha xizmat sifati past tumanlarida joriy etish zarurligini ta’kidlagan. Xizmatlaridan aholi rozi bo‘lgan shirkatlar va uy-joyni bevosita boshqaruvchilar bundan mustasno ekaniga alohida e’tibor qaratilgan.

    “Bu ishlarni tizimli tashkil etishimiz lozim. Axir bu odamlarimizning kundalik muammolari, ularni hal etmasak, xalqimiz bizdan rozi bo‘lmaydi”, — deydi prezident.

    Buning uchun maxsus ishchi guruh joylarga chiqib, uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati, aholi fikrlarini o‘rganadi, shirkatlar va boshqaruv kompaniyalarining moliyaviy muammolarini hal etib boradi.

    Faoliyati va moliyaviy ahvoli qoniqarsiz bo‘lgan shirkatlar hududini ochiq tanlov asosida boshqaruv kompaniyalariga berish masalasini o‘rganish topshirilgan.

    Uy-joy boshqaruv kompaniyalariga muayyan imtiyoz va yengilliklar berilishi qayd etilgan. Jumladan, ular foyda va mulk solig‘idan ozod etiladi, ijtimoiy obyektlarga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi, maxsus texnika va uskunalar sotib olishga 90 milliard so‘m kredit ajratiladi va foizlarining bir qismi qoplab beriladi, import qilinadigan uskuna va texnikalarga bojxona bojlari kelgusi 3 yilda “nol” stavkada qo‘llaniladi, tugatilayotgan shirkatlarning muammoli kreditlari 3 yilga muzlatiladi.

    Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga bunday ishlarni barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.

    Taqdimotda 2022-yilda issiqlik ta’minoti tizimida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ham ma’lumot berilgan.

    Xususan, joriy yilda 10 ta qozonxonani modernizatsiya qilish va 2 ta yangi qozonxona qurish, 120 kilometr issiqlik tarmoqlarini yangilash, natijada 24 ming 400 ta xonadon va 51 ta ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan.

    Davlat rahbari har bir mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi bo‘lishi kerakligini aytgan. Taqdimotda shu borada Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berilgan. Qayd etilganidek, mahallalarda bolalar va sport maydonchalari quriladi, yo‘laklar tartibga keltirilib, daraxtlar ekiladi. Buning uchun 579 ta mahallaning har biriga budjetdan 1 milliard so‘mdan ajratilgan.

    Prezident bu mablag‘dan samarali foydalanish, zarur bo‘lsa, mahalliy budjetdan qo‘shimcha resurs yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Boshqaruv kompaniyalarini jalb qilib, 2 mingta ko‘p qavatli uylarni joriy va kapital ta’mirlash kerakligi aytilgan.

    21.02.2022, 20:44   Izoh (0)   18582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada balandlikdan yiqilib, boshidan og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi (video)

    21.02.2022, 20:37

    Bekobodda 64 tup qarag‘ay kesib tashlandi. Tabiatga 1,5 mlrd so‘m zarar yetgan

    21.02.2022, 19:50

    Milliy Mass-media fondiga yangi direktor tayinlandi

    21.02.2022, 19:20

    Firdavs Abduxoliqovga manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish bo‘yicha sud qarori o‘qildi

    21.02.2022, 18:32

    Toshkentda ayiq qafasidan omon qolgan qiz shifoxonadan uyiga qaytdi. Tergov ishlari davom etmoqda

    21.02.2022, 17:45

    “Ochiq aytish kerakki, ahvol achinarli holatda”. Po‘lat Bobojonov avtomaktablar holati haqida fikr bildirdi

    21.02.2022, 17:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.