Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ikki fuqaroni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Sudlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, jabrlanuvchi sifatida so‘roq qilingan ayol bilan oldindan tanish bo‘lib, ular birgalikda oshxonalarda ishlagan, to‘ylarda xizmat qilgan. Navbatdagi suhbatlarning birida raqqosa xorijga ketish istagi borligini ma’lum qilgan. Qo‘shiqchi esa Turkiyada fohishalik qilayotgan tanishi orqali uni ham chetga chiqib ketishiga yordam berishi mumkinligini aytgan.

Kelishuvga ko‘ra, Turkiyadagi asli xorazmlik bo‘lgan shaxs ayollarning har ikkisiga aviachipta uchun 700 dollardan, xarajatlari uchun 100 dollardan pul yuborgan. Ammo qizlar Turkiyaga yetib borgach, “ishni pishitgan” opasiga yuqoridagi pullardan tashqari yana 1000 dollar ishlab berishi kerak bo‘lgan.

“Hammadan kechirim so‘rayman, bunaqa jinoiy ish qilayotganimni bilmagandim”, — deydi ayblanuvchi.

Sud ayollarni Turkiyaga jinsiy qullikka sotmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishiga qonuniy baho bergan. Unga ko‘ra, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “b, e” bandlaridagi jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Avvalroq BAAda odam savdosida gumonlanib, 9 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilingani, Samarqandda ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi