Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bu xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Sir emas, koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali turli asossiz, hech qanday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan uydirma ma’lumotlarni tarqatish hollari tez-tez kuzatilmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida, keng jamoatchilik orasida turli tushunmovchiliklarning yuzaga kelishiga, ba’zi hollarda esa ortiqcha sarosimalarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqidagi yuqorida keltirilgan axborot ham ana shunday maqsadda tarqatilgan bo‘lib, hech qanday rasmiy asosga ega emas”, — deyiladi vazirlik axborotida.

SSV, shuningdek, aholini bu kabi feyk xabarlarga ishonmaslikka chaqirib, yolg‘on xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab 2022-yilning yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o‘rtasida yutuqli o‘yinlar tashkil qilinishi va bosh sovringa avtomobil qo‘yilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 15-yanvardan boshlab mamlakatda “Vaksina — to‘g‘ri tanlov” yutuqli o‘yinlari tashkil etilmoqda va u 5 oy davomida o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, har hafta 35 ta velosiped, 25 ta televizor, 25 ta smartfon va 25 ta planshet o‘ynaladi. Har oyning so‘nggi shanba kunida esa super-yutuq — Malibu avtomobili o‘ynaladi.

29-yanvar kuni Zo‘r TV telekanalida orqali o‘tkazilgan o‘yinda ilk g‘olib aniqlandi — Farg‘onaning Furqat tumanidan bo‘lgan fuqaro Malibu egasiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi