Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyatida prezident Shavkat Mirziyoyevdan dakki eshitib, so‘ngra ishdan olingan sobiq amaldor yangi lavozimga tayinlandi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Ma’lum bo‘lishicha, davlat rahbarining viloyatga tashriflaridan birida prezidentning “Kamroq gapiring, menga balandparvoz gaplar yoqmaydi”, degan e’tiroziga sabab bo‘lgan sobiq amaldor Yo‘ldosh Jumayev viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Yo‘ldosh Jumayev.

Yo‘ldosh Jumayev.
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga tashrifi paytida Yo‘ldosh Jumayev viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan. Shundan so‘ng lavozimidan olingan sobiq rahbar 2021-yilning 21-dekabridan beri ishsiz bo‘lgan.

Yo‘ldosh Jumayev 1967-yil Buxoro viloyatining Romitan tumanida tug‘ilgan. 1991-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti, 1999-yilda Buxoro davlat universitetini, 2002-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U faoliyati davomida Romitan tumani hokimi o‘rinbosari, Kogon tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi bog‘chada bolalar oyog‘iga igna tiqilgani ortidan ikki kishi jarimaga tortildi
Dunyo
Lukashenko Kaxovka GESni ukrainaliklar atay portlatganini aytdi va buning “sababini” keltirdi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kanalda oqib ketgan 5 yoshli bolaning jasadi topildi